Nyu-Yorkda enagalik qilgan o'zbekistonlik sudga tortildi

  • Amerika Ovozi

Nyu-York

Nyu-York

AQShda bir oilada enaga sifatida ishlagan o’zbekistonlik Ma'mura Nosirova Nyu-York shahrida bo'lib o'tgan sudda besh oylik bolani tarsakilab, qattiq siltalaganini tan olgan. Sud uni 10 oylik qamoq jazosiga hukm etishi kutilyapti.

52 yoshli ayol Nyu-Yorkning Steyten Aylend rayonida ishlagan. Uni enaga qilib yollagan er-xotin Mardaxayevlar 28-yanvar kuni Nosirovaning chaqaloqni urayotganini yashirin videokamera orqali suratga olgan.

Ayol besh oylik Sabrina Mardaxayeva va uning 17 oylik akasiga qarayotib, to’satdan qizchani yuziga ura ketgan. Yig'layotgan bolani siltab, keyin sut solingan shishani og’ziga tiqqan.

Buning barini yashirin kamera orqali uzoqdan kuzatib turgan ona shoshilinch uyga qaytib, politsiyaga xabar bergan, deydi rasmiylar. Enaga 4-fevral kuni hibsga olingan.

Ma'mura Nosirova 10 oy qamoq muddatini o’tagach, O’zbekistonga deportatsiya qilinishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG