O’zbekiston fuqarosi Obamani o'ldirishni rejalaganlikda ayblanmoqda

  • Amerika Ovozi

O’zbekiston fuqarosi Obamani o'ldirishni rejalaganlikda ayblanmoqda

O’zbekiston fuqarosi Obamani o'ldirishni rejalaganlikda ayblanmoqda

AQShda O’zbekiston fuqarosini prezident Barak Obama hayotiga tahdid solganlik va noqonuniy ravishda qurol saqlaganlikda ayblanmoqda.

Uning taqdiri Alabama shtati, Birmingem shahridagi federal sudda ko'rib chiqilmoqda. Hujjatlarda qayd etilishicha, 21 yoshli Ulug’bek Qodirov Amerikada noqonuniy yashagan va ruxsatsiz o'q-dori, granata xarid qilib, davlat rahbariga qarshi xuruj rejalagan.

“Iyul oyi boshlarida u tanishi bilan, o’zi bilmagan holda AQSh maxsus kuchlari informatori bilan uchrashib, har xil qurollar haqida so’rab-surishtirgan. Prezident Barak Obamani o’ldirish ehtimoli haqida gapirib, qotillikni rejalash va amalga oshirishda yordam berishni so’ragan".

"Federal Qidiruv Boshqarmasiga axborot yetkazib turgan bu shaxs esa “mayli” deb, maxfiy agent bilan uchrashuv belgilagan”, - deyiladi sud qog’ozlarida.

U uzoq masofadan turib prezidentni nishonga oladigan qurol haqida so’ragan, deyiladi hujjatlarda.

13 iyul kuni Qodirov bu hamrohi bilan Alabamaning "Hampton Inn" mehmonxonasiga qurol ko’rishga borgan. Unga ikki xilidan ko’rsatishgan va Qodirov M15A1 rusumidagisini tanlagan.

Rasmiylarga xabar bergan shaxsning aytishicha, Ulug’bek Qodirov ekstremizm tarafdori, maqsadga qurol bilan erishish mumkin deb hisoblaydi.

Sud hujjatlarida yozilishicha, uning uyidan Obamaga doir hujjatlar, jumladan, prezidentning qayerga borish-kelishi, xarita, surat va boshqalar topilgan.

Suiqasd paytida o’zim o’lsam ham baribir, degan u yashirin agent bilan suhbatda. Shu kuniyoq maxsus kuchlar Qodirov yashagan mehmonxonaga bostirib kirib, uni qamoqqa olgan.

O’zbekiston fuqarosi Obamani o'ldirishni rejalaganlikda ayblanmoqda

O’zbekiston fuqarosi Obamani o'ldirishni rejalaganlikda ayblanmoqda

Ulug’bek Qodirov Qo’shma Shtatlarga 2009 yilda student vizasi bilan kelgan.

Biroq 2010 yilda biror universitet yoki kollejda o’qimagani bois vizadan ayrilgan.

Yuqoridagi bayonotlar hozircha faqat ayblov, sudga endi ularni isbotlash kerak.

Aybdor deb topilsa, Qodirov 40 yilgacha qamoq jazosi olishi mumkin.

1989 yilning 7 avgustida tug’ilgan Qodirov aslida Toshkent shahridan.

"Amerika Ovozi" uning advokati Lans Bell bilan bog'landi.

Himoyachining aytishicha, ish endi boshlangan va ancha davom etishi mumkin.

"Biror sharh yoki xulosaga hali erta. Biroq u bilan ko'rishdim. Ahvoli yomon emas", - deydi Lans Bell.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG