Vatandagi manzara: "Hurriyat" Andijon haqida yozdi

  • Amerika Ovozi

Vatandagi manzara: "Hurriyat" Andijon haqida yozdi

Vatandagi manzara: "Hurriyat" Andijon haqida yozdi

“Hurriyat”ning 18 may sonida Andijon fojiasi haqida maqola chiqqan. Unda o’sha mash’um voqeaning olti yilligi emas, ko’proq “Andijon - Adolat va tiklanish” tashkilotining Germaniyada kechgan yig’ini haqida gap ketgan.

“Begona katakda qichqirayotgan “xo’roz”lar” nomli maqolada aytilishicha, “2005 yilning may oyida Andijonda bir guruh buzg’unchilar Farg’ona vodiysida o’rta asrlarga xos xalifalikni qurush maqsadida uyushtirgan terrorchilik xurujlari O’zbekiston hukumati tomonidan bartaraf etilgani allaqachon tarix sahifalaridan joy olib ulgurgan”.

Adolatli hukmdan qutulib, Yevropa va Amerikada boshpana topgan Andijon qochqinlari o’z g’araz maqsadlaridan voz kechmagan, deyiladi unda.

Biri “Andijon – Adolat va tiklanish” tashkiloti rahbari Nurulla Maqsudov ekani aytiladi. Muallif Maqsudovni Andijon fojiasi tashkilotchilaridan biri, bosqinchi deya ta’riflaydi.

“Uning topshirig’iga ko’ra, shahar prokurori va uch nafar harbiy otib tashlangan” deyiladi maqolada.

Maqsudovning 1996 yildan boshlab “Akromiylar”guruhiga a’zo, yoshlar bilan ishlashga mas’ul bo’lgan deya yoziladi.

“Andijon – Adolat va tiklanish” tashkiloti va muxolif partiyalar o’rtasida birlashuv esa muallifga “ko’r ko’rni qorong’ida topadi” degan maqolni eslatadi.

Maqolada aynan qaysi partiyalar birlashgani va ularning maqsadi aniq yozilmaydi.

"Aksincha”, - deyiladi unda, “bu guruhlarda O’zbekiston kelajagiga doir hech qanday dastur, amaliy takliflar yo’q, ular buzg’unchilik va qabihlikni ko’zlamoqda”.

Muallif bir necha muxolif partiya O’zbekiston Xalq Harakati nomi ostida birlashgani va o’z dasturini Germaniyada o’tgan yig’inda oshkor etgani haqida hech narsa demaydi. Maqolaning davomi kelgusi sonda berilishi ta’kidlangan.

Vatandagi manzara: "Hurriyat" Andijon haqida yozdi

Vatandagi manzara: "Hurriyat" Andijon haqida yozdi

Mustaqillik munosabati bilan yangi esdalik nishoni ta’sis etilgan

18 may kuni matbuotda prezidentning “O’zbekiston respublikasi mustaqilligiga 20 yil” nomli esdalik nishonini ta’sisi etish to’g’risida farmoni e’lon qilingan.

Farmonga ko’ra, bu mukofot mustaqillik, yurt iqtisodiy, siyosiy, ilmiy, madaniy, ma’naviy salohiyatini va mudofaa qudratini mustahkamlash, demokratlashtirish, yosh avlodni tarbiyalash kabilarda jonbozlik ko’rsatgan fuqarolarga tadqim etiladi.

Chet el fuqarolari ham oltin suv yugurtirilgan, misdan ishlangan bu nishonga loyiq ko’rilishi mumkin. Mukofot respublika, viloyat, shahar va tuman hokimlari ishtirokida dabdabali tarzda topshiriladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG