Vatandagi manzara: Islohotlar, matbuot erkinligi va bugungi estrada

  • O'zbekiston gaplar

Vatandagi manzara: Islohotlar, matbuot erkinligi va bugungi estrada

Vatandagi manzara: Islohotlar, matbuot erkinligi va bugungi estrada

O’tayotgan haftada O’zbekiston matbuoti butun diqqatini prezident Islom Karimovning ikki oy oldingi, ya’ni 2010 yilning 12 noyabrida Oliy Majlis qo’shma yig’ilishida qilgan nutqiga qaratdi.

Markaziy nashrlarning hammasida “demokratik rivojlanish konsepsiyasi” haqidagi nutq muhokamasi yuzasidan joylarda o’tkazilgan tadbirlar haqida gap ketadi.

“Xalq So’zi” gazetasining 24 fevral sonida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish qo’mitasi raisi Akmal Saidovning mazkur konsepsiyaga bag’ishlangan maqolasi e’lon qilingan.

Maqolaga ko’ra, O’zbekiston prezidentining demokratik rivojlanish bosqichlari haqidagi nutqi xalqaro jamoatchilik tomonidan ijobiy baholanmoqda. Hozirgacha 30 dan ortiq davlatda konsepsiya muhokamasiga bag’ishlangan tadbirlar o’tgan. Islom Karimovning Bryusselga tashrifi chog’ida Yevropa Ittifoqi rahbari Joze Manuel Barrozo konsepsiyani hayotga tatbiq etish uchun barcha yordamlarni ko’rsatishga tayyorligini bildirgan.

Islom Karimov Yevropa Ittifoqi rahbari Xose Manuel Barrozo bilan

Islom Karimov Yevropa Ittifoqi rahbari Xose Manuel Barrozo bilan

Muallif deydiki, fuqaro jamiyatini kuchaytirishni nazarda tutgan konsepsiya parlament a’zolari zimmasiga mas’uliyat yuklamoqda. Qonunchilik palatasi nodavlat notijorat tashkilotlarning qonunda belgilangan huquqlarini buzganlik uchun davlat idoralarini javobgarlikka tortishni belgilovchi qonun qabul qilishi kerak. Bu o’z navbatida ommaviy axborot vositalari mustaqilligini kuchaytirishi lozim. Ayni paytda Qonunchilik palatasida konsepsiyani hayotga tatbiq etuvchi qonun-qoidalarni ishlab chiqish ustida qizg’in ish borayotgani ta’kidlanadi.

“Hurriyat” gazetasining 23 fevral sonida chop etilgan “Ishonchsizlik Votumi: uning ahamiyati va xalqaro tajriba” nomli maqolada bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik bildirish mamlakatning hozirgi demokratik bosqichida o’ta muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi.

Bu borada ilg’or demokratik davlatlar tajribasi inobatga olinganini ta’kidlagan muallif Rahimjon Hakimov ishonchsizlik votumining ishlash mexanizmi bo’yicha O’zbekiston va xorij tajribasi o’rtasidagi farqlarga to’xtaladi va O’zbekistonda ishonchsizlik votumining milliy modeli ishlab chiqilganini ta’kilaydi.

Maqolada qayd etilishicha, xorij davlatlarida bosh vazirga ishonchsizlik bildirilgach, davlat boshlig’i hukumatni iste’foga chiqarish yoki parlamentni tarqatib yuborish tanlovi oldida qolsa, O’zbekistonda joriy etilishi kutilyotgan tartibga ko’ra parlament palatasini tarqatib yuborish masalasi qo’yilmaydi. Bu esa votum masalasida parlamentga ishonch bilan harakatlanish imkoniyatini beradi.

Shuningdek, xorij davlatlarida bosh vazir nomzodi ishonchsizlik bildirilgan parlament palatasi tomonidan ko’rsatilishi ham har xil kuchlar o’rtasidagi siyosiy “o’yinlar”ni rivojlantirishi mumkin. O’zbekistonda joriy etilayotgan tajribada bunday “o’yinlar”ga yo’l qo’yilmaydi, degan xulosaga keladi maqola muallifi Rahimjon Hakimov, O’zbekiston prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti rahbari.

O’zbekistonda joriy etilishi kutilayotgan mexanizmga ko’ra, ishonchsizlik votumi bildirilganda bosh vazir nomzodi davlat rahbari vakolatiga kiruvchi masala bo’lib qoladi.

Vatandagi manzara: Islohotlar, matbuot erkinligi va bugungi estrada

Vatandagi manzara: Islohotlar, matbuot erkinligi va bugungi estrada

Shuningdek, “Hurriyat” gazetasi mazkur sonda Axborot xizmati: mas’uliyat, tezkorlik va xolislik deb atalgan bir sahifalik suhbat e’lon qilgan. Gazeta suhbatga senator Svetlana Ortiqova, deputatlar Olimjon O’sarov, Shuhrat Dehqonovlarni jalb etgan.

Suhbatning asosiy mazmuni shunday: mamlakatda ommaviy axborot vositalari rivojlanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan, biroq bu organlarning o’zi zamon talabiga javob bermaydi.

“Mohiyat” gazetasi bu haftadagi sonida boshqa markaziy nashrlardan farqli “jahon matbuoti” sahifasida arab dunyosi, xususan Liviyada kechayotgan voqealarga o’rin bergan. Ria Novosti dan ko’chirib bosilgan maqola Liviyada siyosiy notinchlik deb nomlanadi. Unda hukumatga nisbatan noroziliklar natijasida hozirgacha 111 nafar harbiy va 189 nafar tinch aholi qurbon bo’lgani, davlat rahbari noroziliklarni qanday yo’l bilan bo’lmasin bostirishga harakat qilayotgani yoziladi. Hukumat osonlikcha yon bermayotgani “Diktatorning o’g’li va merosxo’ri Said Qaddafiy o’z siyosiy qarashlarini ochiq bayon etganda bu narsa yaqqol ko’rindi”, deb xabar beradi gazeta.

“Mohiyat”ning mulohaza rukni ostida berilgan “Qo’shiq kuylash osonmi?” maqolasi o’zbek estradasining bugungi ahvolini muhokama qiladi. Muallif Matluba Temur qizi o’z maqolasini “Yoshlar” telekanali orqali ketgan “Ohang va Ofat” ko’rsatuvidan ta’sirlanib yozgan.

Bir necha bor namoyish etilgan mazkur ko’rsatuv asosan xorijdan kirib kelayotgan zamonaviy musiqaning yoshlar ongiga salbiy oqibatlari haqida fikr yuritadi.

Vatandagi manzara: Islohotlar, matbuot erkinligi va bugungi estrada

Vatandagi manzara: Islohotlar, matbuot erkinligi va bugungi estrada

Gazetadagi maqola esa ko’proq milliy estradaning bugungi saviyasi haqida. Muallif nazarida sayoz qo’shiqlar ko’paymoqda, so’z va adabiy til qoidalari buzilmoqda, buning ustiga uyatsiz, hayosiz ashulalar ko’paygan. Qo’shiqchilik san’at emas, tirikchilikka aylangan, deb yozadi muallif.

“Bu yil har bir o’zbekistonlik, hatto qishloq fuqarolari ham internetga bog’lanish imkoniyatiga ega bo’lishadi”, deb xabar beradi “Uzbekistan Today” gazetasi 24-fevral sonida.

Gazeta bu xabarni O’zbekiston aloqa va axborot agentligida o’tgan brifingga tayangan holda tarqatadi.

“Fuqarolarning erkin axborot olish huquqini ta’minlash siyosatini amalga oshirish uchun viloyat, shahar va tumanlar raqamli telekommunikatsiya tarmog’i bilan to’laligicha qoplangan, bu yil esa bu tarmoqqa qishloq joylaridagi aholi punktlari ham kiritiladi”.

Ta’kidlanishicha, mamlakatda mobil aloqasi tezlik bilan rivojlanmoqda, internet xizmati uchun narxlar ikki barobar arzonlagan.

Toshkentda o’tgan O’zbek-Turkman hamkorlik komissiyasining navbatdagi yig’ilishi haqida axborot bergan gazeta ikki davlat o’rtasida aloqalar rivojlanib borayotganini urg’ulab, xalqaro tranzit yuklar bo’yicha hamkorlikka ahamiyat qaratadi. Gazeta keltirgan ma’lumotga ko’ra, ikki davlat hududlari orqali o’tuvchi yuk miqdori yiliga 2,5 million tonnaga yaqin.

XS
SM
MD
LG