Vatandagi manzara: Toshkentda gazetalar o'tgan hafta nimani yoritdi?

  • Gazetxon Do'st

Vatandagi manzara: Toshkentda gazetalar o'tgan hafta nimani yoritdi?

Vatandagi manzara: Toshkentda gazetalar o'tgan hafta nimani yoritdi?

29 apreldan Termezda respublika akademik litsey va kollej o’quvchilari o’rtasida “Barkamol avlod -2011” sport o’yinlari boshlandi. “Xalq so’zi” gazetasiga ko’ra, unda 867 nafar o’quvchi sportning 12 turi bo’yicha kuch sinashadi.

“Mohiyat” gazetasining yoritishicha, 30 aprel kuni Buxoroda “Asrlar sadosi” festivali boshlangan. 2008 yildan buyon o’tkazib kelinayotgan va milliy san’at va madaniyat targ’ibotiga qaratilgan bu tadbirda shu kungacha 75 mingga yaqin xorijlik ishtirok etgan.

“Mohiyat” chop etgan yana bir katta maqola “Tabiat zahiralari mo’l…mi?” deb nomlanadi va u O’zbekistonda shifobaxsh o’simliklar kamayib borayotgani haqida.

“Ayni chog’da ayrim shifobaxsh o’simliklar zahirasi keskin kamayib ketganligining guvohi bo’layapmiz”, deyiladi maqolada. Bozorda sotilaytotgan dorivor giyohlar ko’p hollarda ildizi bilan kovlab olinayotgani bunday o’simliklar qayta tiklanmasligiga sabab bo’lishi mumkin.

“Noviy vek” gazetasida esa poytaxtdagi ekologik vaziyat e'tibor qaratiladi.

“Kanali Tashkenta: oazisi ili svalka” nomli maqolada Anhor, Bo’zsuv, Bo’rijar, Qoraqamish kabi ariqlar chiqindilar bilan to’lib borayotgani yoziladi.

Ta’kidlanishicha, suv yoqalab qurilgan korxonalar, maishiy xizmat binolari, shuningdek xususiy uylardan chiqayotgan axlatlar ko’p hollarda to’g’ridan to’gri suvga uloqtirilmoqda.

G’alatisi, deyiladi maqolada, suvni ifloslantiruvchi tashkilotlar qatorida Chilonzor tuman hokimyatini Obodonlashtirish bo’limi ham bor. Gazetaga ko’ra, Obodonlashtirish bo’limi binosidan chiqarilgan sanoat chiqindilari suvga uloqtiriladi.

“Uzbekistan Today” gazetasi Venada “O’rta Osiyoning transchegaraviy ekologik muammolari” mavzusida o’tgan konferensiya haqida xabar beradi.

Avstriya ta’lim markazi tomonidan tashkil qilingan bu tadbirda yirik energetik inshootlar qurilishida O’zbekiston tutgan pozitsiya haqida axborot berilgan.

Unda yevropalik siyosatchilar va ekspertlar mintaqada yirik energetik inshootlar qurilishi ekologik vaziyatga ta’sir o’tkazishi mumkinligidan tashvish bildirishgan. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari O’zbekistonda atrof-muhutni himoyalash uchun olib borilayotgan ishlarni yuqori baholashgan.

Avstriyada, shunindek O’zbekistonning iqtisodiy potensiali haqida hikoya qiluvchi davra suhbati ham tashkil qilingan.

Toshkentda O’zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o’rtasida idoralararo uchrashuv o’tdi, deb xabar beradi “Uzbekiston Today”. Unda huquq-tartibot tizimlari o’rtasida hamkorlikni yo’lga qo’yish masalasi haqida gap ketgan. Bu borada yaqin kelajakda maxsus bitim imzolanishi kutilmoqda.

“Pravda Vostoka” gazetasi 29 aprel sonida yana Tojikistondagi Ro’g’un GESi bilan bog’liq vaziyatni ko’taradi. Unda O’zbekiston Ekologik Harakati Markaziy Kengashi raisi Boriy Alixonov Tojikiston energetika vaziri Sherali Gulning matbuotdagi fikrlari yuzasidan e’tiroz bildiradi.

Jumladan Sherali Gulning Ro’g’un GESining texnik ko’rsatkichlari ekologik ekspertizadan keyin ham o’zgarmasligi haqida aytgan gaplari ekspertiza xulosalari hali e’lon qilinmasdanoq bildirilayotgan xudbinlik sifatida baholanadi.

Alixonov nazarida Tojikiston vazirinining bu bayonoti xalqaro jamoatchilikni, shuningdek ekspertiza o’tkazgan Jahon banki, shuningek millionlab aholi taqdiriga bepisandlikni ifodalaydi.

XS
SM
MD
LG