Vatandagi manzara: Prezident kichik bizneslarni kamroq tekshirishni buyurdi

  • Gazetxon Do'st

Vatandagi manzara: Prezident kichik bizneslarni kamroq tekshirishni buyurdi

Vatandagi manzara: Prezident kichik bizneslarni kamroq tekshirishni buyurdi

“Xalq so’zi” gazetasi 5 aprel sonida (www.xs.uz) O’zbekiston prezidentining tadbirkorlik sub’yektlarida tekshiruvlarni qisqartirish haqidagi farmonini e’lon qilgan.

4 aprel kuni imzolangan farmon “Tadbirkorlik sub’yektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va ular faoliyatini nazorat qilishni tashkil etish tizimini takomillashtirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” deb nomlanadi.

Farmonga ko’ra 2011 yilning 1 aprelidan 20014 yilning 1 apreliga qadar soliqlarni o’z vaqtida to’lab kelayotgan kichik tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy xo’jalik faoliyatini soliq bo’yicha tekshirish taqiqilanadi.

Farmon Vazirlar Mahkamasiga kichik tadbirkorlik sub’yektlarini tekshirishda vakolatga ega bo’lmagan davlat idoralari, mansabdor shaxslar aralashuviga chek qo’yish bo’yicha chora tadbirlar ishlab chiqishni buyuradi.

Buni nazorat qilish O’zbekiston Bosh prokuraturasiga yuklatiladi.

Farmon nazorat qiluvchi idoralar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashiga kichik tadbirkorlik sub’yektlarida soliqqa oid tekshirishlarni qayta ko’rib chiqish va 2011 yilgi tekshirishlar rejasidan chiqarib tashlashni belgilaydi.

Ma’lumki, joriy yil - “Kichik biznes va tadbirkorlik yili”.

Vatandagi manzara: Prezident kichik bizneslarni kamroq tekshirishni buyurdi

Vatandagi manzara: Prezident kichik bizneslarni kamroq tekshirishni buyurdi

“Xalq so’zi” O’zbekiston prezidenti 4 aprel kuni Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi Konvensiyaga (Gaaga, 1961 yil 5 oktabr) O’zbekiston Respublikasining qo’shilishi to’g’risidagi Qonunni imzolagani haqida ham xabar beradi.

“Pravda Vostoka” gazetasi Jomboy tumanida aholi elektr ta’minoti uchun to’lovni oldindan “undirishga” qaratilgan elektrhisoblagichlar o’rnatilganini yoritdi.

Maqolaga ko’ra, endi elektr iste’molchilari uchun “avval haqini to’lab qo’ying” tizimi ishga tushgan. Loyiha elektr xarajati to’lovini takomillashtirish va quvvatni behuda sarflashning oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Ta’kidlanishicha Jamboy aholisining o’tgan yil bo’yicha elektr chirog’idan debitorlik qarzi 7,3 millard so’mni tashkil etgan.

O’zbekistonni chekka tumanlarida elektr ta’minoti yetishmasligi anchadan buyon mavjud muammo. Ayrim tuman va qishloqlarda chirog’ sutkasiga ikki soat berilishi yoki mutlaqo berilmasligi, ayrim hollarda yarimda tunda uzatilishi mumkin. Maqolada aholi qarzi uzatilgan elektr quvvati uchunmi yoki uzatilmagan elektr ta’minoti uchunmi, aniqlanmaydi.

O’zbekisiton matbuotida Tojikistondagi Rog’un to’g’oni bilan bog’liq davom etayotgan kampaniya bu hafta “Inson va qonun” gazetasida davom etdi.

“Texnogen halokatlar” nomli maqolada seysmik faol hududda Rog’un to’g’onini qurish ortidan yuzaga kelishi mumkin ofatlar haqida mulohaza qilinadi.

Ta’kidlanishicha Rog’un halokatga yuz tutgan Sayon-Shushenk GESi loyihasini tayyorlagan institut tomonidan taqdim etilgan. Vaxsh vohasi “harakatdagi” tektonik yoriqlar bilan t’olib toshgani inobatga olinmagan.

Gazetaning mutaxassislarga tayanib xabar berishicha, aksariyat hollarda zilzilalar suv omborlarida ulkan miqdorda zaxira to’plash va uni haydash qudug’iga oqizish natijasida yuzaga keladi. 2008 yilda Xitoyda kuzatilgan dahshatli zilzila ortida ham shunday muammo turgani aytiladi.

Maqolada xalqaro ekspertlarning loyihaga tashvish bilan yondashayotgani yoziladi, jumladan amerikalik ekspert Rojer Kangasning “Meni ko’proq seysmik hududda qurilayotgan to’g’onning sifati tashvishlantirmoqda” degan fikri berilgan.

XS
SM
MD
LG