Rossiya telekanalida ketgan ko'rsatuv O'zbekistonda kuchli norozilik uyg'otgan

  • Gazetxon Do'st

"Rossiya" telekanali O'zbekistondagi ruslar hayotini yoritar ekan, diqqatni mana shu pensioner ayolga qaratadi

"Rossiya" telekanali O'zbekistondagi ruslar hayotini yoritar ekan, diqqatni mana shu pensioner ayolga qaratadi

O’zbekistonda ruslarning haq-huquqlari qanchalik hurmat qilinishi xususida “Rossiya” telekanalida berilgan ko’rsatuv – “Специальный корреспондент. Без России” – katta shov-shuv uyg’otgan.

Uning muallifi, muxbir Aleksandr Rogatkin va u bilan gaplashgan huquq himoyachilarini javobgarlikka tortish kerak degan chaqiriqlar yangramoqda.

Ko'rsatuv 24 aprel kuni efirga uzatilgan. 5 may kuni esa "O'zbekiston" va "Yoshlar" unga javob tariqasida "Tochka Zreniya" maxsus dasturini berdi.

Ko'rsatuv 24 aprel kuni efirga uzatilgan. 5 may kuni esa "O'zbekiston" va "Yoshlar" unga javob tariqasida "Tochka Zreniya" maxsus dasturini berdi.

5 may kuni “O’zbekiston” va “Yoshlar” kanallarida efirga uzatilgan “Tochka zreniya” ko’rsatuvi 10 kun oldin “Rossiya” kanalida berilgan “Bez Rossii” nomli dasturga javob sifatida ishlangan

Ko’rsatuvga O’zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi a’zolari va rus jamoatchiligi yetakchilari jalb etilib, ular “Rossiya” telekanalida ketgan maxsus filmni qoralab chiqdi.

O'zbekistondagi ayrim deputatlar nazarida huquq faoli Yelena Urlayeva vatanidagi hayotdan noligani uchun sudga tortilishi kerak

O'zbekistondagi ayrim deputatlar nazarida huquq faoli Yelena Urlayeva vatanidagi hayotdan noligani uchun sudga tortilishi kerak

Sovet Ittifoq parchalanganidan 20 yil o’tib, nega aynan bugun Rossiya jurnalistlari O’zbekiston va Qirg’izistondagi rus aholisining haq huquqlari bilan qiziqib qoldi? – degan savol ko’tarildi.

Ko’rsatuv buyurtma asosida suratga olingan, deydi deputatlar va rus yetakchilar, va undan maqsad - O’zbekistondagi millatlararo totuvlikni buzish, provakatsiya uyushtirish va respublika xalqi qo’lga kiritgan yutuqlarni inkor etish.

"Yoshlar" telekanalida berilgan ko'rsatuvdan

"Yoshlar" telekanalida berilgan ko'rsatuvdan

Ular nazarida O’zbekiston o’z mustaqilligining 20 yilligini nishonlash arafasida turgan bir paytda bunday filmning efirga uzatilishi bejiz emas.

Rossiya axborot vositalari O’zbekistonga nisbatan axborot xuruji qilayotganlikda ayblanmoqda.

"Rossiya" telekanali ko'rsatuvida Toshkent bir paytlar "non shahri" bo'lganiga urg'u beriladi

"Rossiya" telekanali ko'rsatuvida Toshkent bir paytlar "non shahri" bo'lganiga urg'u beriladi

Iddao shuki, Rossiya oldin o’ziga boqsin. Millatchi guruhlar, xususan skinxedlar tomonidan muhojirlarga qarshi qabih jinoyatlar amalga oshirib keladi.

"Rossiya" telekanali Jalol-Obodda bo'lib, u yerdagi ruslar hayotiga ham nazar tashlaydi

"Rossiya" telekanali Jalol-Obodda bo'lib, u yerdagi ruslar hayotiga ham nazar tashlaydi

O’zbekiston televideniyesi “Rossiya” telekanalidagi filmning asosiy qahramoni, nafaqaxo’r Babulya Tonyaga ham mikrofon tutdi.

Onaxon uning bergan intervyusi bunchalik jiddiy oqibatlarga olib kelishini kutmagan. “Bor yo’g’i qancha nafaqa olayotganim va mahalla ham yordamlashib turganini aytdim xolos” deydi u.

Qirg'izistondagi ruslar hayoti ham tasvirlanadi

Qirg'izistondagi ruslar hayoti ham tasvirlanadi

Onaxonning jiyani O’zbekiston televideniyesidagi ko’rsatuvda chiqib, “Rossiya” telekanali jurnalistini noxolislikda tanqid qildi.

Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati Polyante Sveshnikov bu muxbirni, shuningdek, u bilan gaplashgan huquq himoyachilari Yelena Urlayeva va Tatyana Dovlatovalarni javobgarlikka tortishga chaqirdi.

24 aprel kuni "Rossiya" telekanali efirga uzatgan ko’rsatuvning mazmuni shuki, O’zbekiston va Qirg'izistonda rus aholi qiyin ahvolda, uning haq-huquqlari kamsitiladi. Dastur O'zbekistondagi bugungi hayotni Babulya Tonya misolida tasvirlab beradi.

XS
SM
MD
LG