Breaking News

Afg'oniston: Turkiyadagi sportchi qiz yurtdoshlariga yordam bermoqchi


Turkiyalik sportchi qiz Barno Safar bilan suhbat
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:13 0:00

Turkiyada yashovchi o’zbek-afg'on sportchi Barno Safar Afg’onistonga tashrif buyurub, rasmiylar va yoshlar bilan muloqotda bo’ldi.

Barno Safar 1999-yilda Istanbul shahrida tug’ilgan. Sport bilan besh yoshidan beri shug’ullanib keladi. Taekvondo bo’yicha bir necha karra chempion. Xalqaro musobaqalarda qatnashib tanilgan.

Unga birinchi bo’lib otasi homiylik qilgan.

“Boshlaganimda otam dedilarki, bir oy sport bilan shug’ullansang bo’ladi. Endi qariyb 12 yil bo’ldi. Shaxsiy klubimiz bor. Unda 200 nafar sporchi mashq qiladi. 60-70 nafari afg’on, do’stlarimiz, qarindoshlarimiz”,- deydi Barno Safar.

Barno Safar nazarida Afg’onistonda sport hali endi rivojlanmoqda, qilinadigan ishlar ko’p. Afsuski, tirishqoq yoshlarni quvvatlaydiganlar yo’q.

Qizlarni avvalo oilalari quvvatlashi zarur. Agar Barnoning otasi madad ko’rsatmaganida, balki hech narsaga erisha olmagan bo’lar edi.

“Qizlar himoya qilinmayapti… Shibirg’onda qizlar futbol jamoasi bor. Ular bilan gaplashdim, bitta futbolchi bor ekan, kun-sayin ko’payibdilar, hozir esa ularning soni 30 nafar. Ular boshqa sporchilar bilan, shu yerning o’zidagi, xorijiy sportchilar bilan qo’shma mashqda ishtirok etishni istaydi. Davlat ularga qaramaydi, ular haqida bilmaydi”,- deydi Barno.

U hozir Turkiyada taekvondo bo’yicha murabbiylik ham qiladi. Kelajakda Afg’onistonda qizlar uchun sport klubi ochish niyatida.

“Biror orzuingiz bor bo’lsa, o’shaning orqasidan yuring. Sport bo’lsinmi yoki boshqa narsa bo’lsinmi, uni tark etmang. O’qimasdan turmushga chiqib ketmang. O’z oyog’ingizga turib olishga harakat qiling”,- deydi Barno qizlarga qarata.

Turkiyadagi sportchilarga ham dastak kerak, deydi suhbatdosh, moliya zarur narsa.

“General Do’stum (Junbishi Milliy partiyasi rahbari)ning katta o’g'li Botur Do’stum bilan otam vositasi ila tanishdim. Botur Do’stum sportga katta baho beradi. Menga ham yordam bergan. Yordamlari unumli edi, minnatdorman”,- deydi Barno.

Barno Safarning otasi Sayid Abdulga’ffor ham sportchi. Turkiyada tashkil etgan klubga murabbiy. U qizi bilan faxrlanadi.

“Biz Afg’onistonga keldik, bu yer o’zimizning vatanimiz. Davlat rasmiylari da’vat qilib, olqishladilar. Turkiyaga borgan hujjatsiz afg’onlar sport bilan shug’ullanishda qiynaladi. Qizim ularga yordam berishga harakat qiladi. Barno 63 nafarga rasmiy hujjat olib berdi, ularning aksariyati xotin-qizlar”,- deydi Sayid Abdulg’affor.

Barno safarga ko’ra, sport rivojida hukumatning roli katta, lekin odamlarning o’zi ham intilishi zarur.

XS
SM
MD
LG