Nyu-Yorkda o’zbek tilida teleko'rsatuvlar efirga chiqmoqda


Nyu-Yorkda o’zbek tilida teleko'rsatuvlar efirga chiqmoqda

Nyu-Yorkda o’zbek tilida teleko'rsatuvlar efirga chiqmoqda



Nyu-Yorkda bir yarim yildan beri o’zbek televideniyeasi faoliyat yuritadi. Ilk dastur 2009-yilda internet orqali dunyo yuzini ko’rdi.


Bugunga kelib bu studiya tayyorlagan ko’rsatuvlar Nyu-Yorkning o’zbeklar ko’p yashaydigan Bruklin va Kvins rayonlarida ijtimoiy kanallar orqali efirga uzatilmoqda.

Ilhom Kenjaboyev Amerikadagi birinchi o’zbek televideniyesining asoschisi. Nyu-Yorkda o’zbek to’ylarini videoga olish bilan tirikchilik qilib yurganida bunga ehtiyoj sezdi.

Studiya ko’rsatuvlari va ularning mazmuni O’zbekistonda chiqadigan viloyat televideniyesi dasturlarini eslatadi. Seriallar, konsert programmalari, tomoshabinlar tabrigi. Dasturlar uy sharoitida tayyorlanadi.

Ilhom Kenjaboyev televideniye bilan cheklanmasdan o’zbek tilida radio va “Uzbegim” jurnaliga ham asos solgan.

Bundan tashqari yaqinda uning boshchiligida ilk o’zbek teatri ochildi. Televideniye sifatidan ko’ngli to’lmay uni rivojlantirmoqchi, ammo o’zbek jurnalistlari kamligidan noliydi.

Ayni damda Ilhom Kenjaboyev internet orqali televizorda tomosha qilish uchun 254 kanalni taklif etuvchi “Aktava TV” kompaniyasi bilan dasturlarini 24 soatlik blokka kiritish haqida muzokara qilmoqda.

XS
SM
MD
LG