Uch o'zbekistonlik Amerikada hamon qidiruvda

  • Amerika Ovozi

33 yoshli Sanjar A'zamov, 28 yoshli Nodir Yunusov va 27 yoshli Rustamjon Shukurov aldab ishga olganlik, huquqni poymol etganlik va moliyaviy tovlamachilik bilan shug'ullanganlikda gumon qilinmoqda

33 yoshli Sanjar A'zamov, 28 yoshli Nodir Yunusov va 27 yoshli Rustamjon Shukurov aldab ishga olganlik, huquqni poymol etganlik va moliyaviy tovlamachilik bilan shug'ullanganlikda gumon qilinmoqda

O'zbekistonning uch fuqarosi - 33 yoshli Sanjar A'zamov, 28 yoshli Nodir Yunusov va 27 yoshli Rustamjon Shukurov AQSh immigratsiya va bojxona xizmati tomonidan qidiruvda. Ular odam savdosi, xususan aldab ishga olganlik, huquqni poymol etganlik va moliyaviy tovlamachilik bilan shug'ullanganlikda gumon qilinmoqda.

Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, 2005-2009 yillar orasida bu shaxslar yolg'on ma'lumotlar asosida vizalar olish uchun hujjat topshirgan. O'zbekiston, Dominikan Respublikasi va Filippindan 40 dan ziyod odamni ish bor deya aldab olib kelib, ularning haqqini to'lamay, qochib yurgan. To'laganda ham juda oz bergan. Qator qonunlar buzilgan.

Sent-Luis va Kanzas shaharlarida o'qiyotgan boshqa o'zbekistonliklar ham bu qing'ir ishlarga jalb qilingan. Jami 11 kishiga ayblov qo'yilmoqda, ulardan uch nafari yuqorida qayd etilgan o'zbeklar.

Amerikada ishlash uchun viza olib beramiz deya har bir kishidan 5 ming dollargacha pul undirilgan. Kichik kvartiralarda 12 nafargacha odam oyiga 350 dollardan to'lab yashashga majbur qilingan. Odam savdogarlari bo'lgan bu yigitlar, deydi agentlar, qo'lidagi muhojirlarning har bir qadamini nazorat qilgan. Chet eldan ish va imkoniyat izlab kelgan odamlar xo'rlangan. Shikoyat qilishganida, qo'rqitilgan.

2009-yilda bu ishlar fosh etilganida, Kanzas va Missuri shtatlaridan tashqari Vayoming, Florida va Virjiniyada ham bir necha jabrlanuvchilar aniqlangan.

Yuqorida nomi tilga olingan shaxslarni bilganlardan AQSh immigratsiya va bojxona xizmatiga xabar berish iltimos qilinadi:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG