AQSh-O'zbekiston aloqalari 20 yoshda, Vashingtondan reportaj


AQSh va O'zbekiston o'rtasidagi diplomatik munosabatlarning 20 yilligiga bag'ishlangan kecha, O'zbekiston elchixonasi, Vashington, 24-fevral, 2012-yil

AQSh va O'zbekiston o'rtasidagi diplomatik munosabatlarning 20 yilligiga bag'ishlangan kecha, O'zbekiston elchixonasi, Vashington, 24-fevral, 2012-yil


Bu yil AQSh-O'zbekiston diplomatik munosabatlarining 20 yilligi nishonlanmoqda. O'zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida bu sanaga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi.

Qo'shma Shtatlar Sovet Ittifoqi qulaganidan so'ng O'zbekistonni tan olgan ilk davlatlar qatoriga kiradi. Munosabatlar past-balandiga qaramay AQSh respublikaning eng yaqin hamkorlaridan hisoblanadi. O'zbekistonning AQShdagi elchisi Ilhom Ne'matov aloqalar ijobiy, deydi.

Ta'lim sohasi ikki davlat munosabatlaridagi muvaffaqiyatli yo'nalishlardan. So'nggi 7-8 yilda almashinuv dasturlari kamayganiga qaramay hamkorlik davom etmoqda.

Aloqalar rivojidan nafaqat ikki davlat, balki Amerikada yashayotgan o'zbeklar ham manfaatdor, deydi Turkiston-Amerika uyushmasi raisi Abdulla Xo'ja.

AQSh-O'zbekiston munosabatlarining rivojlanishiga Buxoro yahudiylari jamiyati ham hissa qo'shmoqda, deydi AQSh va Kanadada Buxoro yahudiylari kongressi prezidenti Boris Kandov.

"Amerikada yashayotgan Buxoro yahudiylari AQSh-O'zbekiston aloqalarining kamol topishiga nafaqat guvoh bo'lgan, balki ularni bugungi darajaga chiqarish uchun ko'p harakat qildi. Oq uy, Kongress, Davlat departamentidagi uchrashuvlarda O'zbekistonning AQSh uchun muhimligini hamisha ta'kidlab kelamiz".

Jons Xopkins universiteti Xalqaro aloqalar fakulteti rahbari Frederik Starning aytishicha, bugun munosabatlarda oldingiga qaraganda to'siqlar kamroq.

"Munosabatlar potensialidan to'liq foydalanilmayapti. Hamkorlik talab qiladigan, o'zaro manfaatli, ba'zida biz bilmagan ko'plab jabhalar borki, ular orqali aloqalarni yanada kuchaytirishimiz mumkin".

Elchi Ne'matov mehmonlarni bunday sana bilan tabriklar ekan, ikki davlatning shu kungacha AQSh va O'zbekistonda xizmat qilgan elchilarini yodga oldi, aloqalar rivojiga hissa qo'shgan arboblar va diplomatlarga zarchopon hadya etdi.

Asosan amerikalik qizlardan iborat "Ipak Yo'li raqs" dastasi mehmonlarni o'zbek raqslari bilan xushnud etdi.

AQShning O'zbekistondagi elchisi Jorj Krol ham shu munosabat bilan bayonot chiqardi.

"Biz mustahkam barqarorlikka ko'maklashish va uni ta'minlashday umumiy maqsadimizga nafaqat o'zaro munosabatlarimiz doirasida, balki butun mintaqada erishish yo'lida birgalikda mehnat qilmoqdamiz" deyiladi bu bayonotda.

XS
SM
MD
LG