O'zbekistonda amnistiya e'lon qilindi


O'zbekiston Senati, Toshkent

O'zbekiston Senati, Toshkent

O'zbekistonda konstitutsiyaning 21 yilligi munosabati bilan amnistiya e'lon qilindi. Oliy Majlisda Senat qabul qilgan qaror 18 yoshiga to’lmaganlar, ayollar, 60 dan o'tgan erkaklar, shuningdek chet el fuqarolarini javobgarlikdan ozod etishni nazarda tutadi.

Amnistiya og‘ir jinoyat sodir etganlar va umrbod qamoq jazosiga hukm qilinganlarga taalluqli emas.

Hujjat diniy mahbuslar - e’tiqodi sabab qamalganlarga nisbatan ishlatilishi asosan huquq tartibot organlari ixtiyorida qoladi.

Noqonuniy guruhlarga a'zolikda ayblanib qamalgan va jazoni o'tash davrida keskin tuzalish yo'liga o'tgan shaxslarning ozod etilishi nazarda tutilgan.

Siyosiy mahbuslar deya tanilgan insonlar - tuzumga qarshi jinoyatlarda aybdor deb topilgan fuqarolar - amnistiyadan mustasno.

Qarorda ta'kidlanishicha, jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etganlar, shuningdek, jazoni o'tashda tartibni muntazam buzayotgan shaxslar kechirilmaydi.

12-dekabrdan boshlab kuchga kirgan amnistiya kelasi uch oy mobaynida ijro etiladi.
  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG