O'zbekiston korrupsiya chuqur ildiz otgan 10 mamlakat orasida

  • Amerika Ovozi

2014-yildagi korrupsiya darajasi jadvali

2014-yildagi korrupsiya darajasi jadvali

Dunyo bo'ylab korrupsiya darajasini o'rganuvchi "Transparency International", ya'ni Xalqaro shaffoflik tashkilotining yillik hisobotiga ko'ra, Shimoliy Koreya, Afg'oniston va Sharqiy Afrikadagi bir necha mamlakatda poraxo'rlik avjida.

Hisobotda 175 mamlakatdagi vaziyat o'rganilib, ular jadvalda keltirilgan. Quyi o'rinlarda Somali, Sudan va Janubiy Sudan ham bor.

Korrupsiyadan xoli mamlakatlar sifatida Skandinav davlatlari hamda Yangi Zelandiya keltiriladi. Qatorasiga uchinchi yil jadvalni Daniya boshqarib keladi, ya'ni poraxo'rlik yo'q mamlakat. Bu davlatlarda qonunlar qattiq nazorat qilinadi, hukumat va savdoda barcha faoliyat shaffof.

O'zbekiston korrupsiya chuqur ildiz otgan 10 mamlakatdan biri bo'lib qolmoqda. 175 davlat ichida O'zbekiston jadvalda 166-o'rinni egallab turibdi.

Markaziy Osiyoda esa eng poraxo'r mamlakat bu Turkmaniston. Qozog'iston 126-, Qirg'iziston 136-, Tojikiston 152-o'rinlarda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG