O'zbekistonda prezident saylovlari, g'olib oldindan ma'lum

  • Amerika Ovozi

O'zbekiston Markaziy saylov komissiyasiga ko'ra, prezident saylovlarida saylovchi ishtiroki 91 foizdan oshgan. Amaldagi prezident, chorak asrdan beri mamlakatni boshqarayotgan Islom Karimov g'olib chiqishiga hech kimda shubha yo'q.

O'zbekiston konstitutsiyasi bir nomzodga ketma-ket ikki muddatdan ortiq saylanishga ruxsat bermaydi. Karimov nomzodini qo'yishga haqli edimi? Hukumat bu savolni chetlab o'tdi, fuqarolarga biror tushuntirish berilmadi.

Saylov "O'zbekistonda demokratiya rivojlanganini namoyon etmoqda" degan shiorlar ostida o'tdi.

Prezidentlik muddati 2002-yilda besh yildan yetti yilga, 2011-yilda esa yana besh yilga tushirilgan edi. Hukumat talqiniga ko'ra, aynan shu sabab bu yilgi saylovlarni o'zgacha ko'rilishi lozim.

O'zbekistonda haqiqiy muxolifat yo'q. Kuzatuvchilarga ko'ra, Karimov qatorida poygada qatnashgan yana uch da'vogar fuqarolarga tanlov imkoni berildi deb ko'rsatish maqsadida nomzodlikka ko'rsatilgan. Ular amaldagi siyosatni so'zsiz quvvatlab kelayotgan rasmiy partiyalardan.

31 million aholiga ega O'zbekistonda shu paygacha o'tkazilgan saylovlar G'arb tomonidan biror marta erkin va xolis deb topilmagan. Saylov natijasi dushanba kuni e'lon qilinishi kerak.

Saylovchilardan biri byulletenni ana shu tariqa to'ldirib, o'z pozitsiyasini bildirgan

Saylovchilardan biri byulletenni ana shu tariqa to'ldirib, o'z pozitsiyasini bildirgan

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG