Breaking News

Parlamentga nomzodlar xorijdagi o'zbek saylovchisi bilan muloqot qiladimi?


Oliy Majlis
Oliy Majlis

O’zbekistonning AQShdagi diplomatlari Vashington va Nyu-Yorkdagi o’zbek jamoalari vakillari bilan uchrashib, dekabr oxirida respublikada bo’ladigan parlament saylovlari haqida ma’lumot ulashdi.

O’zbekistonda besh yilda bir o’tadigan Oliy Majlisga navbatdagi saylovlar 21-dekabrga belgilangan. Elchi Baxtiyor G’ulomov to’planganlarni Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, saylovda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Elchixona diplomatlariga ko’ra, bu yilgi saylovlar oldingilaridan farq qiladi. “Saylovlar haqidagi qonun”ga ayrim o’zgartirishlar kiritilgan. Jumladan, eng ko’p ovoz olgan siyosiy partiya bosh vazir nomzodini taklif etadi.

Ammo aytish joiz, bosh vazirlikka aynan g’olib partiya lideri, uning a’zosi yoki deputatlikka saylangan arbobning taklif etilishi shart emas. Aksariyat mamlakatlarda shunday va bosh vazirlik saylovdagi g’alaba uchun asosiy mukofot.

Parlamentga nomzodlar xorijdagi o'zbek saylovchisi bilan muloqot qiladimi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:39 0:00
Yuklab oling

Yangi qonunga ko’ra, parlament bosh vazirga ishonchsizlik votumini bildirishi mumkin, Vazirlar mahkamasi qonunchilik organiga hisobot beradi.

O’zgarishlar qatorida tashabbus guruhlarining bekor qilinganini ham ta’kidlash joiz. Bundan keyin deputatlikka faqat ro’yxatdan o’tgan siyosiy partiya a’zosi saylanishi mumkin, xolos.

Elchi G’ulomovning aytishicha, AQShda ikkita saylov uchastkasi tashkil etiladi – biri Vashingtonda elchixona qoshida, ikkinchisi Nyu-Yorkda konsullik huzurida. Nomzodlarning kimligi hozircha ma’lum emas, deydi konsul Sirojiddin Yaxshilikov.

"Biz hozirgi kunda Tashqi ishlar vazirligimizdan nomzodlar haqida ma'lumotni kutyapmiz. Partiyalardan nomzodlar haqida ma'lumot olinganidan keyin biz bu ma'lumotni fuqarolarimizga elektron pochta orqali ular tanishib chiqishlari uchun jo'natamiz", - deydi konsul.

Ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekistonning xorijdagi elchixonalari va konsullik xizmatlari alohida saylov uchastkasi hisoblanib, 4-5 nomzoddan biriga ovoz berish kerak.

AQShda o’zbek tilida chiqadigan “Vatandosh” gazetasining noshiri Farhod Sultonovning aytishicha, jamoa ovoz berishdan oldin nomzodlar va ularning dasturlari bilan tanishishni, bevosita muloqot qilishni istaydi.

"Ochig'ini aytganda, O'zbekistondan kelib shu yerda to'qqiz yil yashadim. Hali biror marta saylovda qatnashmaganman. Juda ko'p vatandoshlar nomzodlar kim, bular haqida hech qanday ma'lumotga ega emas. Balki parlamentga nomzodlar o'zlarining tashviqot ishlarini internet orqali olib borsa, maqsadga muvofiq bo'ladi deb o'ylayman".

Odatda saylov kampaniyasi paytida nomzodlar saylovchilar bilan uchrashib, tashviqot-targ’ibot ishlarini olib boradi.

Xorijdagi o’zbekistonliklar o’z nomzodlari bilan qanday muloqot qilishi mumkin?

Partiya yoki nomzodlar ularning ovozlarini olish uchun xorijdagi o’zbekistonliklar manfaatlarini olg’a surishda parlamentda nima ish qila oladi?

Chet eldagi jamoani qiynayotgan eng asosiy masala yangi turdagi biometrik pasportlarni O’zbekistonga bormay, yo’lga katta xarajat qilmay, elchixona yoki konsullik xizmatining o’zida olish.

Hozir xorijdagi fuqarolarning cheklangan toifasigina bunday imkoniyatga ega. Bular doimiy yashash uchun xorijga chiqqan, tahsil olayotgan, O’zbekiston Mehnat vazirligi orqali ishlashga borgan hamda tibbiy muolaja olish uchun xorijda uzoqroq qolib ketgan fuqarolar.

Qolganlar O’zbekistonga qaytib, turar-joyidan pasportni yangilashi kerak. Bu xarajatdan tashqari uzoq vaqt ham talab qiladi. Pasport yangilash jarayonining yaxshi tartibga solinmagani oqibatida odamlar uzundan-uzun navbatlarda turishga, belgilangan muddatdan ham ko’p kutishga majbur bo’lyapti. Chet elda tirikchilik qilayotgan inson esa ishini ko’pga tashlab ketolmaydi.

Elchixonadagi tadbirga to’plangan o’zbekistonlik yoshlar Oliy Majlis a'zolari mana shu masalada yengillik kiritishiga umid bildirdi.

  • 16x9 Image

    Odil Ro'zaliyev

    Odil AQShning Tafts Universitetida (Tufts University) magistrlik darajasini olgan. Ungacha O'zbekistonda Jahon tillar universitetida tahsil qolgan, Nyu-Yorkdagi Peys universitetida bir yil almashinuv dasturi bo'yicha o'qigan. 

    Odil graduated from the Uzbekistan State World Languages University. Then he was an exchange student at Pace University in New York for one year (1993-1994). He got his Master's degree from Tufts University in Massachusetts in 2004.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG