Breaking News

Yevropa Ittifoqi-O'zbekiston: E'tibor asosan xavfsizlik sohasida


Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo’yicha maxsus vakili Patritsiya Flor O’zbekistonga safar qildi. Asosiy e’tibor xavfsizlik yuzasidan hamkorlikda.
Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo’yicha maxsus vakili Patritsiya Flor O’zbekistonga safar qildi. Asosiy e’tibor xavfsizlik yuzasidan hamkorlikda.

Yevropa Ittifoqi bilan muloqot, Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:11 0:00
Yuklab oling

Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo bilan xavfsizlik yuzasidan yangicha muloqot boshlagan. Buning birinchi bosqichi o’laroq Bryusselda tomonlar o’rtasida yuksak darajadagi muzokaralar o’tkazilgan edi.

Bu anjuman ortidan Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo’yicha maxsus vakili Patritsiya Flor O’zbekistonga safar qildi. Asosiy e’tibor xavfsizlik yuzasidan hamkorlikda.

Inson huquqlari masalasi og’ir qolayotgan mintaqada bunday yondashuv xavotir bilan qabul qilinadi.

Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo muloqotining ilk bosqichi tashqi ishlar vazirligi o’rinbosarlari darajasida o’tgan.

Blok tarqatgan ma’lumotga ko’ra, bugungi ustuvor maqsad - terorrizm, ekstremizm va narkotrafikka qarshi kurash. Bu yo'lda tomonlar hamkorlik qilishga majbur, deydi diplomatlar.

Brusselda o’tgan yig’inda yangi hamkorlik dasturlari, Afg’onistondagi vaziyat va shu yil oxirida Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo mavzusida konferensiya o’tkazish rejalari muhokama qilingan.

Patritsiya Floor O’zbekistonga ikki kunlik tashrifi davomida O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Oliy Majlisda uchrashuvlar o’tkazgan.

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan mintaqaviy masalalar yuzasidan gaplashilgan.

Bugungi kunda Yevropa Ittifoqi O’zbekistonda o'z vakolatxonasiga ega.

Siyosatshunos Farhod Tolipov fikricha Yevropa Ittifoqi mintaqa bilan xavfsizlik bo’yicha yangi muloqot boshlagani tabiiy bir hol.

“2014-yildan keyin xalqaro qo’shinlar Afg’onistondan chiqarilishi bilan bu mamlakatni rivojlantirish, iqtisod va taraqqiyot masalasi butunlay afg’on hukumatiga topshiriladi. Shu munosabat bilan terrorizm, ekstremizm tahdidi kuchayib, mintaqada ham vaziyat izdan chiqishi mumkin degan taxminlar ko’p. Bu esa mintaqaga nisbatan xalqaro e’tiborni kuchaytirgan. Yevropa Ittifoqining ham o’z strategiyasi bor, bu strategiya qotib qolgan strategiya emas”, - deydi ekspert.

“Vaziyatga qarab mavjud strategiya ham o’zgarib boradi... Yevropa Ittifoqi mintaqada o’z siyosatini davom ettirishi uchun 2014-yildan keying vaziyat qanday bo’lishini to’g’ri baholay olishi kerak. Agar, ayniqsa harbiy yo’nalishdagi tahdidlar kuchayib boraversa, ehtimol Yevropa Ittifoqining o’zi emas, balki NATO tashkiloti orqali ko’mak berilishi mumkin”.

Afg’onistondan xalqaro qo’shinlarni chiqarish borasidagi shartnomalar, xavfsizlik bo’yicha aloqalarni kuchaytirish orqali blokning O’zbekiston bilan munosabatlari yaxshilanib borar ekan, inson huquqlari masalasi chetga surilgan.

Diplomatlar buni inkor etadi. Maxsus vakil erkinlik va demokratiya targ'iboti to'xtamagan deydi.

Lekin Patritsiya Florning bu safarida huquq masalasi qanchalik muhokama qilingani noma’lum. Yevropa Ittifoqini O’zbekistondagi vakolatxonasi bu borada lom-mim demaydi.

Mahalliy huquq himoyachilari muzokaralar yuzasidan umidsiz. Ular nazarida rasmiy uchrashuvlar va kelishuvlar O'zbekistondagi vaziyatni ijobiy tomonga o'zgartirish uchun xizmat qilmaydi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG