Breaking News

USAID va Yevropa Ittifoqi rasmiylari Toshkentda nima haqda gaplashdi?


Toshkent (Jahon)
Toshkent (Jahon)
Toshkentda O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi - USAIDning Markaziy Osiyo bo’yicha rahbari Jonatan Eddlton (Jonathan Addleton) bilan muzokara o’tkazgan. Eddlton O’zbekistonga bir haftalik safari davomida xususiy biznes va nodavlat tashkilotlar bilan ham hamkorlikni muhokama qilayapti.

Shuningdek, respublikaga uch kunlik safarini yakunlagan Yevropa Ittifoqi maxsus vakili Patritsiya Flor (Patricia Flor) xavfsizlik, iqtisodiy aloqalar va inson huquqlari masalasini ko’targan.

USAID va Yevropa Ittifoqi rasmiylari Toshkentda nima haqda gaplashdi?/Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:16 0:00
Yuklab oling

Komilov USAID rahbari bilan so’gliqni saqlash, qishloq xo’jaligi va boshqa sohalar yuzasidan hamkorlik qilish xususida gaplashgan.

Jonatan Eddlton, USAID Markaziy Osiyo rahbari
Jonatan Eddlton, USAID Markaziy Osiyo rahbari
USAID mintaqaviy rahbarining O’zbekistonga safari 27 yanvargacha davom etadi.

Eddlton xususiy biznes vakillari, fermerlar, nodavlat tashkilotlar va fuqaro jamiyati vakillari bilan gaplashmoqda.

USAID turli sohalarda ko’maklashishga bel bog’lagan. Ammo ko’p narsa hukumat buning uchun qanchalik sharoit yaratib berishiga bog’liq. Bu agentlik dasturlari yillar davomida ko’plab rasmiy to’siq va cheklovlarga uchrab kelgan.

Mahalliy faollar so’nggi yillarda AQSh madadi sustlashganidan noliydi. Mamlakatda o’z faoliyatini mustaqil davom ettirishga urinayotgan nodavlat tashkilotlar sanoqli.

Mahalliy faollardan biri Abdulla Tojiboy o’g’li:

"Qamoqdagi faollarni ozodlikka chiqarishda aniq bir harakatlar olib borayapti, lekin shaxsan mening fikrimcha, hozir AQSh bir tomondan hukumatga yomon ko’rinmaslik va ikkinchi tomondan huquq himoyachilarini ham berib qo’ymaslik pozitsiyasida turibdi… Huquq borasidagi hamkorlik esa juda oz, umuman olganda hozir AQSh uchun O’zbekistonda inson huquqlari toptalayotgani o’z ahmiyatini yo’qotib bormoqda".

Patritsiya Flor, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo'yicha vakili
Patritsiya Flor, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo'yicha vakili
Nodavlat tashkilotlar va inson huquqlari bilan bog’liq muammolar Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo’yicha maxsus vakili Patritsiya Flor tomonidan ham tilga olingan.

Uning safari yuzasidan Yevropa Ittifoqi tarqatgan ma’lumotga ko’ra, maxsus vakil O’zbekistonda Tashqi ishlar vaziri Komilov va Moliya vaziri Rustam Azimov bilan gaplashgan.

Iqtisodiyot vazirligi hamda Qishloq va suv xo’jaligi vazirligida ham muzokaralar o’tgan. Huquq masalasi asosiy mavzu bo’lgan, deya bildiradi blok. Patritsiya Flor Toshkentda fuqaro jamiyati vakillari bilan ham fikr almashgan.

Yetakchi huquq himoyachisi Surat Ikromov Yevropa Ittifoqi rasmiysining bunday uchrashuv o’tkazganidan bexabar:

"Bunday ushrashuvlarga bizga o’xshagan mustaqil inson huquqlari himoyachilarining taklif qilinishi qiyin, chunki buni hukumat xohlamaydi va to’sqinlik qiladi. Nodavlat deganda albatta boshqa tashkilotlar ham bor, ammo bunday tashkilotlar davlat nazoratida. Mustaqil tashkilotlar esa kam qoldi, huquq himoyachilari ham bir nechta kishi qolishgan xolos".

Patritsiya Flor safaridan bir kun oldin, 20-yanvar kuni, Yevropa Ittifoqi dekabr oyida ozodlikka chiqqan faol Turob Jo’raboyev yuzasidan bayonot berdi. Jo’raboyevning ozod etilishi olqishlangan bu bayonotda ittifoq mamlakat qamoqxonlarida qolayotgan boshqa huquq faollari va jurnalistlar taqdiri yuzasidan o’z xavotirini ham izhor etdi.
  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG