Komilov yana Tashqi ishlar vaziri, G'aniyev avvalgi vazifasiga qaytgan

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klintonning 2011-yilning oktabrida Toshkentga safari paytida olingan surat, chapdan Elyor G'aniyev, o'sha vaqtdagi Tashqi ishlar vaziri, o'ng tomondan ikkinchi turgan esa Abdulaziz Komilov

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klintonning 2011-yilning oktabrida Toshkentga safari paytida olingan surat, chapdan Elyor G'aniyev, o'sha vaqtdagi Tashqi ishlar vaziri, o'ng tomondan ikkinchi turgan esa Abdulaziz Komilov

O'zbekiston prezidenti Islom Karimov ikki muhim vazirlik rahbarlarini yangilagan. Tashqi ishlar vaziri lavozimiga bu borada uzoq tajriba va malakaga ega Abdulaziz Komilov qaytgan.

O'tgan ikki yildan beri bu vazifada o'tirgan Elyor G'aniyev esa avvalgi kursiga - Tashqi iqtisodiy aloqalar, sarmoya va savdo vaziri.

Bu qarorlar ortidagi sabablar haqida aniq ma'lumotlar yo'q, lekin ko'plab ekspertlar nazarida, bu - O'zbekistonning G'arb bilan aloqalarga e'tiborni oshirayotganidan darak. Komilov, deydi ular, respublika diplomatiyasini har jihatdan tebratib kelayotgan arbob.

Bu yil 65 yoshni qarshilaydigan Abdulaziz Komilov 1994-2003 yillar orasida Tashqi ishlar vaziri bo'lgan. Undan keyin esa besh yil mobaynida Vashingtonda elchilik qildi. U nafaqat AQSh, balki Kanada va Braziliya uchun ham mas'ul bosh diplomat edi.

Undan keyin Komilov Toshkentga qaytib, Tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari etib tayinlandi. Asosiy ishi Amerika bilan aloqalarni yaxshilash bo'ldi. Vashington siyosatdonlari nazarida u usta diplomat va uddaburo muzokarachi.

Komilov yana Tashqi ishlar vaziri, G'aniyev avvalgi vazifasiga qaytgan

Komilov yana Tashqi ishlar vaziri, G'aniyev avvalgi vazifasiga qaytgan

O'zbekiston-Amerika orasidagi bugungi rishtalar ortida turgan arboblar uning vazir sifatida qaytganidan mamnun va bundan hayron emas.

50 yoshli Elyor G'aniyev Tashqi ishlar vazirligini bir yildan sal ortiq boshqardi. G'aniyev 2005-2006 yillarda ham bu kursida o'tirgan. Shu yilning sentabr oyida Vashingtonga safar qilib, AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton bilan uchrashgan edi.

Oktabr oyi oxirida esa Klinton xonimning o'zi Toshkentga borib, prezident Islom Karimov bilan muloqot qilgan edi. Tomonlar, deydi u, nafaqat Afg'oniston balki iqtisodiy hamkorlik, demokratik islohotlar va ta'lim sohasida ham birga ishlashi kerak.

Lekin O'zbekiston tashqi siyosatida Xitoy va Rossiyaning o'rni katta. Markaziy Osiyoning ikki yirik qo'shnisi O'zbekistonni yaqin hamkor deb biladi. Yevropa Ittifoqi ham aloqalarni yaxshilashga kirishgan, deydi tahlilchilar, lekin harakat juda sust.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG