Dilsora Fozil: Qayerda bo'lmaylik, vatan deb yashaymiz


Dilsora Fozil - o'qituvchi, siyosatshunos va shoira

Dilsora Fozil - o'qituvchi, siyosatshunos va shoira

Sinov va imkoniyatlar davri. Mustaqillik yillarini ko’plab o’zbekistonliklar shunday ta’riflaydi. 1991-yilda istiqlolga erishilganida va undan keyingi yillarda o’z kelajagini vatanda tasavvur qilgan yoshlar astalik bilan tashqi dunyoni kashf eta boshladi. Kimdir chet eldan ilm izladi, kimdir ish, kimdir esa yangi hayot. Ammo yurak vatanda.

Yaqinda ona yurtga borib, u yerdagi vaziyat bilan tanishgan Dilsora Fozil aslida Buxorodan. G’ijduvon tumanida ziyolilar oilasida voyaga yetgan. Yetti farzanddan biri. Shoira. Internetda dilsora.com sahifasiga kirsangiz, she’rlari qatorida zamon va jamiyat haqidagi maqolalarini ham o’qiysiz. Dilsora Fozilning ijodi bolalik yillaridayoq O’zbekistonda qator nashrlarda chop etilgan. Turmush o’rtog’i bilan 2004-yildan beri xorijda. Ikki farzandli. Ayni damda Kanadaning Alberta provinsiyasida yashaydi va shu yerdagi oliygohda siyosatshunoslik bo’yicha ta’lim olib, ilmiy ish boshlamoqda, shuningdek, dars ham beradi.

Dilsora Fozil ancha yillar davomida muxolifat safida edi. “Uyg’on, O’zbekiston” degan yoshlar harakatiga ham yetakchilik qilgan. Lekin Kanadada universitetga kirgach bu faoliyatini to’xtatgan.

"Amerika Ovozi" bilan suhbatda Dilsora Fozil qator savollarimizga javob berdi:

- Muxolifatdan nima uchun chiqib ketgansiz?

- Mustaqillikning birinchi 12 yilini vatanda o’tkazibsiz. Mana oradan yana deyarli 10 yil o’tibdi. Siz uchun mana bugun tantana qilinayotgan 22 yil nimani anglatadi?

- Yurtdoshlar ko’pincha mamlakatning bugungi kuni haqida gaplashganida, O'zbekiston oldingi O’zbekiston emas, deyishadi. Odamlar, qadriyatlar boshqacha deyishadi. Jamiyat sizningcha qanchalik o'zgargan?

- Chet elda yashayotgan o’zbekistonliklar vatan haqida biror tanqidiy fikr bildirsa, “tashqarida turib olib, vatanni qoralashga uyalmaysizlarmi?” degan ayblovlarni eshitamiz. Siz mana shunday iddaolarga nima deb javob berasiz?

- Chet elda yashayotgan o'zbekistonliklar nimani orzu qiladi? Siz internetda, xususan ijtimoiy tarmoqlarda ancha faolsiz, yoshlar bilan ko’p muloqot qilasiz.

- Vatan, davlat, xalq va hukumat tushunchalari... Sizning nazaringizda, bugungi o’zbeklar, ayniqsa yoshlar bularning mag’zini qanchalik chaqa oladi?


Marhamat, muloqotni tinglang:


  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. TV va radio diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. AQSh siyosati va hayoti hamda Markaziy Osiyodagi muhim masalalarni yoritadi. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida muharrir sifatida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida ham dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

XS
SM
MD
LG