O'zbekiston, repressiya va bugungi jihodchilar


O'zbekistondan chiqqan jihodchilar o'zini global miqyosda jihodga qo'shilgan insonlar deb biladi. O'zbekiston Islomiy Harakati va boshqa guruhlar bugun Afg'onistonda yana jonlangani, Pokistonda ham hamon o'z manzilgohlariga ega ekani haqida ma'lumotlar bo

O'zbekistondan chiqqan jihodchilar o'zini global miqyosda jihodga qo'shilgan insonlar deb biladi. O'zbekiston Islomiy Harakati va boshqa guruhlar bugun Afg'onistonda yana jonlangani, Pokistonda ham hamon o'z manzilgohlariga ega ekani haqida ma'lumotlar bo

O'zbekistondan chiqqan jihodchilar o'zini global miqyosda jihodga qo'shilgan insonlar deb biladi. O'zbekiston Islomiy Harakati va boshqa guruhlar bugun Afg'onistonda yana jonlangani, Pokistonda ham hamon o'z manzilgohlariga ega ekani haqida ma'lumotlar bor.

O’zbekiston qamoqxonalaridagi dindorlar qiynoq va xo'rliklarga chidashdan ko'ra Afg'onistonda urush maydonida yurishni ma`qul ko'radi. Ekspert Ishchi Guruhi, Toshkentda asoslangan mustaqil tahlil markazi shunday ma’lumot bermoqda.

Izlanishning bosh muallifi Kamoliddin Rabbimov, bir paytlar O’zbekiston prezidenti qoshidagi Davlat va Jamiyat Qurilishi Akademiyasida faoliyat ko’rsatgan, hozirgi kunda Fransiyada yashab, tadqiqotlar olib bormoqda.

Olimdan yuqoridagi xulosani asoslab berishni so’radik.

O'zbekiston, repressiya va bugungi jihodchilar

O'zbekiston, repressiya va bugungi jihodchilar

“Asosiy sabab O'zbekistonda surunkali davom etazotgan repressiya. Hisobotda, shu repressiya bo'lmaganda ham jihodchilar bo`lishi mumkin, lekin ularning salmog’i kam bo`lardi, deyilgan. Kamida 60-70 foiz odam chorasizlikdan qo`'hilmoqda. Ular oldida tanlash imkoniyati bor – O'zbekiston qamoqxonasida qiynoqlar ostida o'lish yoki Afg`onistonda urushda, erkin tarzda o'lish. Ular Afg`onistonni tanlashayapti, chunki qiynoqlarga tutilishni istashmaydi”, - deydi Kamolliddin Rabbimov.

Muallif diniy radikalizm va jihodchilikni yaqin tarixi haqida mulohaza yuritar ekan, XX asr oxirlariga kelib, jihod islom dunyosi ichidagi siyosiy falsafiy oqim sifatida yuzaga chiqqanini e’tirof etadi.

Tahlilchi deydiki, o’zbek jihodchiligi shu oqim tarkibidagi jiddiy kuchlardan biri.

Masalan, O'zbekiston Islomiy Harakati va Jihodchilar Ittifoqi.

O'zbekiston masjidlarida... Dindorlarni qattiq nazorat ostiga olish, ayniqsa yoshlarni ezish bilan tinchlikni saqlab bo'lmaydi, deydi Kamoliddin Rabbimov

O'zbekiston masjidlarida... Dindorlarni qattiq nazorat ostiga olish, ayniqsa yoshlarni ezish bilan tinchlikni saqlab bo'lmaydi, deydi Kamoliddin Rabbimov

“Shu ikki guruh tafakkuri, mafkuraviy qarashlari o'rganildi. Shuningdek, tadqiqotda “bayat” institutiga ham ahamiyat beriladi, chunki shu orqali bu ikki guruhning o'zaro munosabatlari, yaqin kelajakda ularning o'rnini tahlil qilish mumkin”, - deydi u.

Ayni paytda, deydi Kamoliddin Rabbimov, Afg'onoston - islomiy jihod markazlaridan biri. AQSh va NATO bu mamlakatda muvaffaqiyatga erishish qiyinligini tushunib yetayapti. Afg'oniston muammosini harbiy yo'l bilan yechish mumkin emasligini ta’kidlab kelayotgan O`zbekiston esa aslida ichki siyosiy vaziyatni yanada murakkablashtirish yo'lidan bormoqda.

“O'zbekiston hukumati olib borayotgan siyosat jihodchi guruhlarning ma’naviy kuchayishiga, son jihatdan ortishiga xizmat qilmoqda”,- deydi Rabbimov.

Olim nazarida AQSh va umuman G'arbning O`zbekiston hukumati bilan murosa va muloqot yo’lidan borayotgani ziddiyatlarni kuchaytiradi.

“Karimov nodemokratik ish yuritib, inson huquqlarini mutlaqo buzsa-da, lekin qanday yo'l bilan bo'lmasin dunyoviylikni ta'minlayotgan ekan, G'arb uni tushungandek... Bu esa juda katta xato”,- deydi Rabbimov.

O'zbekiston hukumati ekstremizmning oldini olaman deb aslida uning kuchayishi uchun sharoit yaratgan

O'zbekiston hukumati ekstremizmning oldini olaman deb aslida uning kuchayishi uchun sharoit yaratgan

Buning salbiy oqibatlari jihodchilarning ko’payishidir, deydi olim.

Tahlilga ko’ra, Arab dunyosidagi inqiloblar aksariyat musulmonlarning radikal kayfiyatdan uzoqligini, jihodchi guruhlarning aniq munosabat bildira olmasdan biroz sarosimaga tushib qolganini ko’rsatgan.

Ilmiy maqolada jihodning o'zbek tilidagi mafkurafiy dasturiga nazar tashlanadi.

O'zbekistonda aholining diniy qarashlari, ehtiyojlari chetga surilmasligi kerak, deydi Kamoliddin Rabbimov.

“Musulmonlarda o'z manfaatlarini himoya qilishga ehtiyoj bor ekan, musulmon jamiyatlarida islomiy tashkilotlar, partiyalarni yuzaga kelishi bu qonuniyat”, - deydi Rabbimov.

Tahlilchi fikricha avtoritar boshqaruvlardan xavf G'arb tasavvur qilayotganidan ham kuchliroq bo'lishi mumkin. Shuning uchun biror jamiyatda islomchilar paydo bo'lsa, demokratiyani qo'llab quvvatlashni to'xtatish kerak emas, aksincha bunday yordamni kuchaytirish lozim.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG