YXHT O'zbekistonga: Jurnalistlar xavfsizligini ta'minlang

  • Amerika Ovozi

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT) O'zbekistonda fotojurnalist Timur Karpovning militsiya tomonidan ushlanishi va unga qilingan hujumni qoralamoqda.

Karpov 6-oktabr kuni Toshkent viloyatining Bo'ka rayonida paxta terimchilarini suratga olayotganda hibsga olingan. Xabarlarga ko'ra, uni do'pposlashgan va taxminan 10 soat davomida militsiya xonasida ushlab turishgan, deyiladi tashkilot bayonotida.

"Jurnalistlar erkin va xavfsiz tarzda axborot to'plashi va uni tarqata olishi lozim", - deydi YXHTning matbuot erkinligi bo'yicha vakili Dunya Miyatovich. "O'zbekiston hukumatini muxbirlar xavfsizligi va matbuot erkinligini ta'minlashga chaqiraman".

Timur Karpovning ushlangani borasida protokol yoki rasmiy hujjatlar tuzilmagani aytiladi. Fotomuxbirning aytishicha, militsiya uning qo'l telefonini musodara qilib, parolini berishni talab qilgan. Telefonga olingan barcha suratlar o'chirib tashlangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG