Davlat matbuotiga ko'ra, Prezident Karimov kasalxonada

  • Amerika Ovozi

O'zbekiston davlat matbuotiga ko'ra, Prezident Islom Karimov kasalxonada. Uning zarur muolaja olayotgani aytiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yakshanba kuni Karimov statsionar davolanishda ekanini ma’lum qilgan. Bu bayonotga ko'ra, mutaxassislar "to‘liq tibbiy ko‘rik va davolanish jarayoni uchun muayyan vaqt" talab etilishini aytgan.

Karimov O'zbekistonni 1989-yildan beri boshqarib kelmoqda va shu paytgacha uning sog'lig'i yomonlashgani haqida biror marta rasmiy ma'lumot berilmagan. Prezident 78 yoshda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG