Breaking News

O'zbekiston 2013-yilda: Gulnora mashmashasi, tashqi siyosat va eski muammolar


Prezident Karimov qizi Gulnora bilan, @gulnarakarimova "Twitter"da 2013-yilda Mustaqillik tantanalari ketidan tarqatgan surat
Prezident Karimov qizi Gulnora bilan, @gulnarakarimova "Twitter"da 2013-yilda Mustaqillik tantanalari ketidan tarqatgan surat
2013-yil yakunlanib, 2014-yil boshlanar ekan, O’zbekiston davlat sifatida qay tomon yo’nalmoqda?

O’zbekistonlik mutaxassis; o'zbek, rus va ingliz tillarida siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy mavzularda tahliliy materiallar muallifi, Ekspert ishchi guruhi degan mustaqil tashkilot rahbari Suhrob Ismoilov bugungi kunda Nyu-Yorkda Kolumbiya universitetida huquqshunoslik sohasida bilimini o’tkirlamoqda.

Suhrob Ismoilov-O'zbekiston-2013-Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:26:12 0:00
Yuklab oling

Gulnora Karimova, prezident Islom Karimovning qizi bilan bog’liq mashmasha, Toshkentda hokimiyat uchun ketayotgan o’ziga xos kurash O’zbekistonda 2013-yildagi eng muhim voqea, deya mulohaza bildiradi mutaxassis "Amerika Ovozi" bilan suhbatda.

Suhrob Ismoilov fikricha bu janjal maxsus ssenariy asosida boshlangan va olib borilmoqda. Siyosiy o'yin bu, deya tushuntiradi ekspert yuqorida berilgan radio muloqotda.

Ichki va tashqi siyosat bir-biriga chambarchas bog’liq. Sarmoyaning eng kattasi Xitoydan kirib kelmoqda. Rossiya ham hamon ulkan biznes sherik. Bu ikki davlat bilan aloqalar ayni damda qay nuqtada turibdi?

G’arb bilan aloqada, xususan Yevropa Ittifoqi va Amerika bilan, u qadar katta burilishlarga guvoh bo’lmadik. Muzokaralar, parda ortidagi kelishuvlar tomonlarni istalgan maqsadiga yetkazmadi. O’zbekiston siyosiy-harbiy madad istadi, investitsiya so’radi, lekin G’arb bunga shoshmayapti. Vashington va Bryussel o’z navbatida O’zbekiston ochilishini, erkinlashishini xohlayapti, lekin bunga guvoh bo’lmadi.

Suhrob Ismoilov shunga urg’u beradiki, 2014 va 2015-yilda kutilayotgan parlament va prezident saylovlari O’zbekistonga olamshumul o’zgarishlar olib kelmaydi. Bugun mojarolar, o’yinlar oqibatida elita yangilanishi mumkin, ammo unda ko’plab eski o’yinchilar ham bo’ladi.

O’zbekiston aholisi energetika taqchilligidan qiynalmoqda. Hukumat esa muammo nimada ekanini tan olishga ojiz, deydi Ismoilov.

Karimov ma’muriyati uchun yana bir “ojizlik” – Rossiyada yurgan millionlab fuqarolar taqdiriga befarqlik, ularning manfaatini himoya qilmaslik va ular yurtga yuborayotgan mablag’ning ahamiyatiga ko’z yumish.

Yangi yil bo’sag’asida, deydi ekspert, o’ziga xos bir o’zgarishga guvohmiz: qiyinchiliklardan to'ygan odamlar astalik bilan haqqini talab qilishni o’rganmoqda. Mahalliy hokimiyatlarga borib, muammolardan shikoyat qilish, adolat va haqiqat yo’lida gapirish, jamoatchilik birlashgan holda nimadir qilishga ishonch hissi bor.

Siz qanday fikrdasiz? Fikrlaringizni kutamiz. Yangi yil bilan!
  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

XS
SM
MD
LG