Karimov Latviyada asosan iqtisodiy hamkorlik haqida gaplashdi


O’zbekiston rahbari Islom Karimov Latviyada prezident Andris Berzinsh bilan uchrashib, qo'shma bayonot qatorida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bir necha hujjat imzolagan.

O’zbekiston rahbari Islom Karimov Latviyada prezident Andris Berzinsh bilan uchrashib, qo'shma bayonot qatorida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bir necha hujjat imzolagan.

O’zbekiston rahbari Islom Karimov Latviyada prezident Andris Berzinsh bilan uchrashib, qo'shma bayonot qatorida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bir necha hujjat imzolagan. Latviya O'zbekiston paxtasining Yevropadagi asosiy xaridoridir.


Karimov va Berznish munosabatlarni rivojlantirish, savdo aloqalarini kengaytirish, shuningdek, Afg'oniston tiklanishi bo'yicha O'zbekiston-NATO hamkorligini kuchaytirishni muhokama qilgan.

Prezidentlar muzokara yakunida qo'shma bayonot imzolagan. Karimovning safari doirasida Latviya bilan savdoni kengaytirishga doir qator loyihalar ustida gaplashilgan, bitimlarga qo'l qo'yilgan.

O'zbekiston uchun Latviya Yevropa Ittifoqidagi asosiy hamkorlardan biri. Biznes hajmi bo'yicha Latviya ittifoqdagi uchinchi yirik sherik.

Latviyadagi “Telegraf” gazetasining yozishicha, O'zbekistondan sotib olinayotgan mahsulotning salkam 50 foizini paxta tashkil etadi. Nashrga ko'ra, latviyalik mutaxassislar o'zbek paxtasining sifatidan mamnun. Yevropada majburiy mehnat vositasida terilgan bu paxtani boykot qilish kampaniyasi ketayotgan bir paytda Rigadagi ekspertlarning so'zi diqqatli ko'rinadi.

2005-yilda Andijonda yuz bergan fojeadan beri Karimov Yevropaga ko'p boymay qo'ygan. Prezidentning 2011-yilda Bryusselga safari huquq himoyachilarining norozilik chiqishlariga sabab bo'lgan edi. Karimov Latviyaga borgach, faollar ayni bayonot bilan chiqqan. Tashrif Latviya prezidenti taklifiga ko'ra amalga oshganiga alohida ahamiyat qaratiladi.

Fransiyada ro'yxatdan o'tgan “O't yuraklar klubi” inson huquqlari uyushmasi tarqatgan bayonotda aytilishicha, Yevropa Ittifoqi Latviya orqali diktator Karimovga o'z eshiklarini ochmoqda.

“Karimov Andijon voqealaridan keyin birinchi marta Yevropa Ittifoqi davlatlaridan birini taklifiga ko'ra safarga kelayapti. 2011-yilgi safar NATO taklifiga ko'ra amalga oshirilgan edi. Latviya va O'zbekiston o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish uchun rejalangan bu qadam keyinchalik diktator Karimov uchun Yevropa eshiklarini ochib beradi degan xavotirimiz bor”, - deydi uyushma rahbari Mo'tabar Tojiboyeva.

“Karimov hali Bryusselga tashrif buyurgan paytida biz uni norozilik bilan kutib olish uchun ko'pchilikka murojaat qilgan edik. Ammo, afsuski, bu chaqiriqqa hech kim bosh qo'shmadi, shuning uchun ham Bryusseldagi norozilikda faqat men, Nadejda Atayeva va Safar Bekjonlar qatnashdik. Karimov tashrifi bu gal juda qisqa fursatlarda ma'lum bo'ldi, biz hatto biror tadbir uyushtirishga ham ulgurmadik. Shuning uchun ham Latviyadagi huquq himoyachilariga murojaat qildikki, hech bo'lmaganda ular diktator Karimovning Rigadagi “Ozodlik” haykali poyiga gulachambar qo'yishiga yo'l qo'yishmasin”, - deydi Tojiboyeva.

Faollar rasmiy Toshkent va Yevropa Ittifoqi o'rtasida iliqlashayotgan munosabatlar O'zbekistonda inson huquqlariga oid vaziyat uchun biror o'zgarishsiz kechayotganidan norozi.

Tahlillchilar fikricha, Afg'onistondan o'z qo'shinlarini olib chiqishga hozirlanayotgan G'arb O'zbekiston bilan munosabatlarni iliqlashtirishga majbur. Karimov Latviyaga taklif qilinishi ko'proq ittifoqning xavfsizlik borasidagi shu ehtiyojlari bilan bog'liq ko'riladi.

Latviya rahbari Berzinsh O'zbekiston prezidenti bilan suhbatda o'ziga xos va'dalar bergan, jumladan Riga 2015-yilning birinchi yarmida Yevropa Ittifoqi boshqaruvini qo'lga olgan paytda blokning Markaziy Osiyoga nisbatan strategiyasini qayta ko'rib chiqish.

Amaldagi strategiyada inson huquqlari va demokratiya targ'iboti asosiy maqsadlardan biri deb belgilangan. Lekin Berzinsh o'z bayonotlarida bu borada umuman gapirmadi.
  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG