O'zbekistonda O'shdagi qonli voqealar yoritilmayapti


Qirg’izistondan o’zbek faollar, xususan milliy madaniyat markazi janubdagi etnik zo’ravonliklarni to’xtatish yo’lida ko’mak so’rab, O’zbekiston prezidenti Islom Karimovga murojaat qilgan.

O’sh va Jalolobodda ahvol o’ta og’ir, deydi ular, tezlikda yordam kuchlari yuborilmasa, o'zbek jamoasiga qarshi qirg'in to'xtamaydi.

O'zbekistonda omma bu voqealar haqida aniq tasavvurga ega emas, faqat xalqaro axborot vositalari, Rossiya kanallari, qolaversa mish-mishlar orqali nima bo'layotganini eshitmoqda, ko'rmoqda.

Mahalliy matbuot, televideniye va radiolarda O’sh va Jalolabod haqida biror xabar yo'q.

Mavzu tahlili o'ng tomondagi audio faylda.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG