Vatandagi manzara: Oliy Majlis hukumat ishidan qoniqmayapti

  • Gazetxon Do'st

Vatandagi manzara: Oliy Majlis hukumat ishidan qoniqmayapti

Vatandagi manzara: Oliy Majlis hukumat ishidan qoniqmayapti

O’zbekiston Oliy Majlisi Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevning yaqinda bergan hisobotidan qoniqmagan.

21 iyul kuni matbuotda e’lon qilingan O’zbekiston Oliy Majlisi Qonunchlik palatasi va Senatining qo’shma qarori hukumat ishini tanqid qilib, islohotlarni tezlatish uchun Bosh vazirga qator tavsiyalar beradi.

Prezident Islom Karimov demokratik islohotlarni chuqurlashtirish konsepsiyasini tanishtirgach, hukumat rahbari, ya’ni Bosh vazir mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat haqida yilda bir marta parlament oldida hisobot beradigan bo’ldi.

Vatandagi manzara: Oliy Majlis hukumat ishidan qoniqmayapti

Vatandagi manzara: Oliy Majlis hukumat ishidan qoniqmayapti

15 iyul kuni Shavkat Mirziyoevning ilk hisoboti tinglandi. Uning ketidan matbuotda biror izoh chiqmadi.

Bugun e’lon qilingan qo’shma qarorda ahvol talabga javob bermasligi ta’kidlanadi.

Parlament nazarida “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” munosabati bilan qabul qilingan davlat dasturi yaxshi bajarilmayapti.

Vatandagi manzara: Oliy Majlis hukumat ishidan qoniqmayapti

Vatandagi manzara: Oliy Majlis hukumat ishidan qoniqmayapti

Mamlakatda zarar bilan ishlayotgan korxonalar soni hamon ko’p, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qabul qilingan qonun va qarorlar ijrosi qoniqarli emas.

Soha rivojlanishi uchun to’siqlar mavjud, xususan, amaldorlarning tadbirkorlar faoliyatiga asossiz aralashuvi, ta’magirlik kabi holatlar, deyiladi qarorda.

Investitsiyalar jalb qilish bo’yicha ham hukumat ishi qoniqarli topilmagan.

Qarorga ko’ra, iqtisodni diversifikasiyalash jiddiy e’tibor talab etadi. Bu boradagi loyihalar esa hamon oqsamoqda.

Vatandagi manzara: Oliy Majlis hukumat ishidan qoniqmayapti

Vatandagi manzara: Oliy Majlis hukumat ishidan qoniqmayapti

Ichki bozordagi vaziyat, mamlakatda ishlab chiqariladigan tovarlar sifati, raqobatbardoshligi ham parlamentga ma'qul emas.

Mamlakatda aholining iste’mol tovarlarga bo’lgan ehtiyoji jiddiy o’rganilmagan, ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining 10 foizi korxona omborlarida qolib ketmoqda. Ehtiyoj esa import mahsulotlari bilan qondirilmoqda.

Qator korxonalarda qarzdorlik, olingan kreditlarni qaytarish muammo bo’lib turibdi. Iqtisodiy jihatdan nochor korxonalarning soni ko’pligicha qolmoqda.

Vatandagi manzara: Oliy Majlis hukumat ishidan qoniqmayapti

Vatandagi manzara: Oliy Majlis hukumat ishidan qoniqmayapti

Qarorda Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi moliyaviy jihatdan og‘ir ahvolda ekani, bankrotlik tartib-taomillarini amalga oshirish boshlangani aytiladi. Shuningdek, boshqa yirik korxonalarda ham vaziyat tang ekani qayd etiladi.

O’zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma qarori hukumatni iqtisodni, tadbirkorlikni rivojlantirish, prezidentning demokratik islohotlarni chuqurlashtirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun dadil qadamlar tashlashga undaydi.

Prezident Islom Karimov demokratik islohotlarni chuqurlashtirish kerak deb o'z yangi konsepsiyasini tanishtirgan edi

Prezident Islom Karimov demokratik islohotlarni chuqurlashtirish kerak deb o'z yangi konsepsiyasini tanishtirgan edi

Ish o’rinlari yaratishni jadallashtirish, tadbirkorlik yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish, banklarning tadbirkorlar bilan ishlashini soddalashtirish, bu jarayonda deputatlik guruhlari ishtirokini faollashtirish, parlamentda muhokamalar o’tkazish - asosiy vazifalar.

Shu paytgacha, O’zbekistonda hukumat faoliyatidan qoniqmaslik haqida matbuotda ochiq yozilmagan.

Ayrim mustaqil nashrlar tahlilicha, bosh vazir tanqidga olinishi tez orada kadr o’zgarishidan dalolat beradi.

Boshqa mulohazalarga ko’ra esa hukumat hisoboti va uning tanqidga olinishi Islom Karimovning prezident sifatidagi nufuzini mustahkamlaydi. Mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarda uning aybi yo’q degan qarashni isbotlaydi.

XS
SM
MD
LG