Breaking News

Vatandagi manzara: Ayollar futboli, tezkor poyezdlar, uyali aloqa va uyatsiz so'zlar


Sehemu ya mbele ya jengo la Umoja wa Africa mjini Addis Ababa, Ethopia, Jengo lilizinduliwa Januari 27 2012.
Sehemu ya mbele ya jengo la Umoja wa Africa mjini Addis Ababa, Ethopia, Jengo lilizinduliwa Januari 27 2012.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisi 25 mart kuni o’tishi kutilmoqda.

“Xalq So’zi” gazetasi 11 mart sonida xabar berishicha, undagi asosiy masala prezident Islom Karimovning Oliy Majlisdagi ma’ruzasidan kelib chiqqan holda O’zbekiston konstitutsiyasiga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi qonunni ko’rib chiqishdan iborat bo’ladi.

Mazkur qonun bir muddat avval Oliy Majlis qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan edi. Unga binoan bosh vazir nomzodini ko’rsatish eng ko’p ovoz to’plagan partiya vakolatiga o’tkaziladi. Shuningek, yalpi majlis O’zbekiston bosh prokurori, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi va Oliy Majlisning inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsmanning) yillik hisobotlarini ko’rib chiqadi.

20 yoshgacha bo’lgan ayollar o’rtasida futbol bo’yicha Jahon chempionati O’zbekistonning 6 shahrida o’tishi mumkin.

“Footbal+” gazetasiga ko’ra O’zbekiston FIFA ga Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Muborak va G’uzor shaharlari nomzodini tavsiya etgan. FIFA bu tavsiyalrni ma’qullaydimi yoki yo’qmi hozircha noma’lum. Ayollar o’rtasida futbol bo’yicha jahon chempionati 2012 yil O’zbekistonda o’tishi belgilangan.

Gazetada 19 yoshgacha bo’lgan milliy terma jamoalar reytingi ham e’lon qilingan. Unga ko’ra futbol bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi Yaponiyadan keyin 6-o’rinni band etgan.

FIFA reytingi bo’yicha esa O’zbekiston milliy terma jamoasi 77-o’rinni egallab kelmoqda.

Novoiy markaziy ko'chasidan tramvay liniyasi olib tashlanayapti
Novoiy markaziy ko'chasidan tramvay liniyasi olib tashlanayapti

“O’zbekiston temir yo’llari” kompaniyasi poyezdlar tezligini soatiga 250 kilometrgacha yetkazuvchi temir yo’l qurilishini boshladi, deb xabar beradi “Uzbekistan Today”.

Yangiyer va Jizzax o’rtasida mazkur temir yo’lning ilk kilometrlari yotqizilgan. Qurilish jarayonida qatnov xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan birinchi tonnel ham bunyod qilingan. Tezyurar poyezdlarga ixtisoslashgan yo’llar ishga tushirilganda Toshkent va Samarqand o’rtasidagi masofa to’rt soatdan 1,5 - 2 soatga qisqarishi taxmin qilinadi.

Gazeta Toshkentda O’zbekiston-Hindiston biznes forumi o’tganligi haqida ham xabar beradi. Aytilishicha, o’rtadagi savdo aylanmasi 2010 yilda 21 foizga o’sgan. 2009 yilda savdo aylanmasi 125 million dollar qiymatida bo’lsa, 2010 yilda bu ko’rsatkich 151 millionni tashkil etgani ta’kidlanadi. Biznes forumda savdo hamkorligi sayyohlik, farmasevtika va yengil sanoatda yanada rivojlanishi mumkinligi qayd etilgan.

O'zbek milliy akademik teatri oldida
O'zbek milliy akademik teatri oldida

“O’zbekiston adabiyoti va san’ati” Eronda hazrat Alisher Navoiyning “Muhakamat ul-lug’atayin” asari yangidan nashrdan chiqqani haqida xabar beradi.

Afg’onistonlik olim Muhammad Halim Yorqin o’z taqrizida Tabrizda bosilgan yangi nashrning ahamiyati haqida mulohaza yuritadi. Eronlik olim Husayn Muhammadzoda Sidiq tayyorlagan yangi nashr Turkiyada saqlanayotgan qo’lyozmaga asoslangan. Muhammad Halim Yorqinga ko’ra, yangi nashr “Muhakamat ul-lug’atayin”ga tegishli eng mo’tabar va muhim nusxa matni sanalmish To’pqopi saroyi muzeyida saqlanayotgan qo’lyozma matnini keng ilmiy jamoatchilikka havola etadi”.

“Uyali aloqa va uyatli so’z” sarlavhali maqolada uyali telefonlardagi muloqotda bemaza gaplar ko’p ishlatilishi haqida fikr yuritilib, “… globallashuv va texnika asriga to’nkash no’tog’riligi”, aksincha uni o’zimizdan, tarbiya va ma’rifatdan izlash lozimligi uqtiriladi.

“Mohiyat” bu hafta muqobil energiyadan foydalanish masalasini muhokama qildi. Ekolog Abdurashid Ortiqov o’z maqolasida muqobil energiya manbalari, jumladan quyosh issiqligidan foydalanish xususida yozadi. Qayd etilishicha, O’zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining texnik imkoniyatlari quyidagicha: “quyosh - 98,8 foiz, shamol - 0,2 foiz, gidro - 1,0 foizdir”. Abdurashid Ortiqov nazarida ayni paytda joylarda elektr ta’minoti bo’yicha uzilishlar sir emas va muqobil energiyadan foydalanishni kengaytirish fursati yetgan.

“Mohiyat” o’z sahifasida Liviyada kechayotgan bugungi vaziyat haqida ham axborot beradi. “Utro.ru” nashridan ko’chirib bosilgan maqolada Liviyada fuqarolik urushi boshlangani, xalqaro jamoatchilik, xususan AQSh va Yevropa Ittifoqining Liviyadagi vaziyatga munosabati haqida so’z bo’radi. G’arb yetakchilari Muammar Qaddafiyni xalqiga nisbatan zo’ravonlikka barham berib, hokimiyatdan o’z xohishi bilan voz kechishga chaqirmoqda, deyiladi sharhda.

XS
SM
MD
LG