Vatandagi manzara: Kosonsoy suv ombori kimniki?

  • Gazetxon Do'st

Vatandagi manzara: Kosonsoy suv ombori kimniki?

Vatandagi manzara: Kosonsoy suv ombori kimniki?

O'zini mustaqil deb hisoblovchi “Novosti Uzbekistana” haftalik gazetasi Kosonsoy suv ombori yuzasidan O’zbekiston va Qirg’iziston o’rtasida kechgan ziddiyatlar haqida yozadi.

O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligining notasiga sabab bo’lgan bu ziddiyatlar hali o’z yechimini topmagan ko’rinadi.

Maqolaga ko’ra shu yilning fevral oyida Qirg’izistonning Ala-Buqa tumani hokimiyati O’zbekistonning Kosonsoy tuman hokimyatiga suv ombori joylashgan hududdan qurolli qo’riqchilarni chiqarib yuborish haqida talabnoma yuborgan.

Bu talabnoma O’zbekiston tomonidan inobatsiz qoldirilgan. Bir muddat o’tib, “Kosonsoy” suv ombori rahbari Abdurahmon Abdiyev Ala-Buqa hokimiyatiga chaqirilgan, yo’lda esa Qirg’iziston hududida noqonuniy bo’lish aybi bilan hibsga olingan.

Maqolada yozilishicha ayni paytda tergov izolyatorida saqlanayotgan Abdiyevga nisbatan jinoyat ish “to’qilmoqda”.

O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligining bu borada Qirg’izistonga bildirgan norozilik notasiga biror javob berilmagan.

Gazetada yozilishicha Kosonsoy suv ombori joylashgan hudud to’liq O’zbekistonga qarashli ekani tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan.

O’zbekiston bu inshootni qo’riqlash ishlarini davom ettirmoqda, biroq bu boradagi provokatsiyalar davom etadigan bo’lsa, deyiladi maqolada, ularga nisbatan jiddiy javob qaytarilishi mumkin.

XS
SM
MD
LG