Vatandagi manzara: "Turkuaz" tergov ostida, Yevropa grant bermoqchi, Abdulla Oripov 70 da

  • Gazetxon Do'st

Bu hafta O'zbekiston mabuoti nima haqda yozdi?

Bu hafta O'zbekiston mabuoti nima haqda yozdi?

“Xalq so’zi” gazetasi 18 mart sonida Oliy Majlis Senatining beshinchi yalpi majlisida muhokamasi kutilayotgan Gaaga Konvensiyasiga qo’shilish to’g’risidagi Qonun haqida yozadi.

Qonun tasdiqlansa, tegishli shtamp (apostil) bosilgan hujjatlar Konvensiyaga a’zo davlatlarda biror bir cheklovlarsiz qabul qilinadi.

“Mamlakatimizni uchbu hujjatga qo’shilishi Konvensiya amal qiladigan hududda taqdim etilishi shart bo’lgan hujjatlarni legallashtirmasdan jo’natish imkoniyatini yaratadi”, deyiladi gazetada.

Ta’kidlanishicha, qonun kuchga kirgandan keyin apostil qo’yish vakolati beruvchi qonunosti hujjati ishlab chiqiladi. Apostil beruvchi vakolatli idoralar sifatida Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Tashqi ishlar vazirligi belgilanishi ko’rsatiladi. Hozir jo’natilayotgan hujjatlarni diplomatik yo’llar yoki konsullik bo’limlari orqali tasdiqlanishi talab etiladi.

Gazeta 17 mart sonida Vazirlar Mahkamasida o’tgan axborot va so’z erkinligini ta’minlash bo’yicha komissiya majlisi haqida yozadi.

“Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatini ochiqligi to’grisidagi”, “Ommaviy axborot vositalar faoliyatining iqtisodiy asoslari to’g’risidagi”, “OAVni davlat tomonidan qo’llab quvvatlash”, “Teleradioeshittirishlar to’g’risida” qonun loyihalari ishlab chiqilmoqda.

Shuningdek, jurnalistlarni axborot olish imkoniyatlarini kengaytirish uchun boshqa qator qonun va hujjatlarga ham o’zgartirishlar kiritilishi kutilmoqda. Vazirlar Mahkamasidagi majlisda axborot erkinligi bo’yicha 2011-2015 yillar uchun reja tasdiqlangan. Bu rejada jurnalistlar ishtirokini kengaytirish uchun turli xalqaro anjumanlar tashkil etish ham qayd etilgan. Majlis prezident tomonidan surilgan demokratik konsepsiya talablariga muvofiq o’tkazilgani ta’kidlanadi.

Gazeta 16 mart sonida Ombudsman Sayyora Rashidovaning maqolasini chop etgan. Muallifning yozishicha, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash uchun monitoring yuritilmoqda. Ombudsmanga yozilgan arizalarning asosiy qismi, uch mingdan ziyodi, fuqarolarning shaxsiy huquqlari himoyasi bilan bog’liq.

“Ayni paytda ularning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini tiklash dolzarb bo’lib qolmoqda”, deyiladi maqolada. Ombudsman deydiki, o’tgan yili jazoni o’tash muassasalaridan tushgan arizalarning 38 tasi nazoratga olinib, 5 holatda mahbus huquqlari tiklangan.

Vatandagi manzara: "Turkuaz" tergov ostida, Yevropa grant bermoqchi, Abdulla Oripov 70 da

Vatandagi manzara: "Turkuaz" tergov ostida, Yevropa grant bermoqchi, Abdulla Oripov 70 da

“Pravda Vostoka” (www.pv.uz) 18 mart sonida O’zbekiston Iqtisodiyot vazirligi o’tkazgan matbuot anjumani haqida yozadi.

Iqtisodiyot vaziri o’rinbosari Asatilla Salimovdan keltirilgan iqtibosga ko’ra, bu yil qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga mo’ljallangan 212 ta yangi ishlab chiqarish korxonasi tashkil etiladi.

Hozirda ish bilan band aholining 74 foizi kichik biznes sohada mehnat qilayotgani, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” munosabati bilan 478 mingta qo’shimcha ish o’rinlari yaratilishi maqsad qilingani xabar qilinadi.

“Uzbekistan Today” o’zbek olimlari paxta terish mashinasi uchun patent olishgani haqida yozadi. Ixtiro g’ildirakli traktorga biriktirilishi bilan ajralib turadi.

“Yangi texnikaning yaratilishi paxta terish kombaynlarining fermerlar uchun iqtisodiy jihatdan foydasizligi bilan bog’liq”, - deydi mazkur mashina ustida ish olib borayotgan O’zFA Mexanika va inshoatlarni zilzilabardoshligini tekshirish inistituti direktori Anvar Rizaev.

Olimning qayd etishicha, mashinadan paxta terish moslamasi ajratib olinganda, uni qishloq xo’jaligidagi boshqa ishlarga ham jalb qilish mumkin. Yangi mashina paxta 70 foiz ochilganda terimga kirishishi, xorijnikidan ikki borobarga arzon bo’lishi kutilmoqda. Yangi mashina yaratish loyihasi O’zAF granti asosida bormoqda.

Gazetaning yoritishicha, O’zbekiston va Filippin o’rtasida birinchi siyosiy maslahat uchrashuvi o’tgan. U Filippin Tashqi ishlar vaziri Xose Brillantesning Toshkentga safari ortidan kechgan. Hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolangan.

“Jamiyat” (www.jamiyat.uz) gazetasi O’zbekiston nodavlat-notijorat tashkilotlarini faoliyatiga to’xtaladi. Mazkur maqolada Yevropa Komissiyasi tomonidan bu muassasalar uchun rejalangan grant haqida ma’lumot beriladi. Komissiya loyihalar uchun tanlov e’lon qilgan. G’oliblarga 100 mingdan 200 ming yevrogacha mablag’ ajratilishi ko’zda tutilgan. Tanlov shartiga ko’ra, taqdim etilayotgan loyiha O’zbekiston va Yevropa Ittifoqidan bo’lgan nodavlat tashkilot bilan hamkorlikda ishlab chiqilishi kerak. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va ekologik taraqqiyotni ko’zda tutgan loyihalar 2011 yilning 31 mayigacha qabul qilinadi.

Bir muddat oldin O’zbekiston televideniyesi tomonidan urulgan nurchilar, “Turkuaz” savdo majmuasini “fosh qilish” navbati matbuot sahifalariga ko’chgan.

Vatandagi manzara: "Turkuaz" tergov ostida, Yevropa grant bermoqchi, Abdulla Oripov 70 da

Vatandagi manzara: "Turkuaz" tergov ostida, Yevropa grant bermoqchi, Abdulla Oripov 70 da

“O’zbekiston ovozi” 15 mart sonida “Turkuaz” savdo majmuasidagi “qing’ir” ishlar haqida yozgan. Savdo majmuasiga uyushtirilgan reyd oqibatida qator qonunbuzarliklar aniqlangani, “ular tadbirkorlik niqobi ostida g’arazli maqsadlar bilan” kelishgani, qonunlarni pisand qilmagani hikoya qilinadi.

“Zerkalo XXI” gazetasidagi maqola esa “Qonun oldida hamma barobar yoki “Turkuaz”da nima ishlar bo’lgan edi?” deb nomlanadi.

Mazkur maqolada nafaqat “Turkuaz”, balki so’ngi paytda faoliyati to’xtatilgan Turkiya bilan hamkorlikdagi bir qator qo’shma korxonalar haqida gap ketadi. Barcha “qonunbuzarliklar” boshida “Tukuaz” savdo majmuasi rahbari turganini ta’kidlagan gazeta, korxonalarda musodara qilingan mollar, berkitilgan daromadlar haqida to’xtab o’tadi.

Gazetadagi yana bir maqola “Tutkuaz”dan keyin faoliyati to’xtatilgan boshqa qo’shma korxona “Komfort LTD” haqida. Aytilishicha, mebel savdosi bilan shug’ullanuvchi korxonaning poytaxtdagi oltita savdo shohobchasida tekshiruv o’tkazilgan, ularning hammasida turli “qonunbuzarliklar” qayd etilgan, mamlakatga mol olib kirishda yolg’on mal’umotlar taqdim qilingan. Qo’shma korxona rahbari huquq tartibot organlari tekshiruviga qarshilik qilishga urungan, biroq bu samarasiz yakunlandi, deya yozadi gazeta.

“O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi bu haftadagi sonida O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bilan suhbat qurgan. Shoir shu kunlarda 70 yoshini qarshiladi.

“Men o’zimning mo’jaz she’riyatimni sivilizatsiya va siyosatdan uzoq bo’lgan olis bir qishloqda ozod va erkin o’spirin sifatida boshlaganman. Menga aql o’rgatadigan adabiy to’garaklar bo’lmagan. Ular meni keyinchalik qurshab olganlar. O’sha ozod ruh esa meni bir umr tark etmadi”,- deydi Abdulla Oripov, o’z ijodini izohlar ekan.

XS
SM
MD
LG