O'zbekiston temir yo'lidagi portlash - terror xurujimi?

  • Amerika Ovozi

Portlash G'alaba-Amuzang temir yo'l uchastkasida sodir bo'lgan

Portlash G'alaba-Amuzang temir yo'l uchastkasida sodir bo'lgan

17-noyabr kuni kechasi Termiz-Qo'rg'on-Tepa yo'nalishida yuz bergan portlashda hech kim halok bo'lmagan, ammo O'zbekiston va Tojikistonni bog'laydigan temir yo'ldagi bunday hodisa kuchli xavotir uyg'otgan.

Hukumat bu borada bayonot bermagan. RIA Novosti axborot agentligining aniqlashicha, voqeani tekshirish uchun maxsus komissiya tuzilgan va jinoiy ish qozg'atilgan.

Mahalliy manbalarga ko'ra, xuruj terror hujumi degan taxminlar bor.

O'zbekiston o'z temir yo'llarini yangilash va rivojlantirishga bel bog'lagan. Xavfsizlikni ta'minlash dolzarb masala, ayniqsa bu yo'llardan AQSh va NATO Afg'onistonga yuk tashish uchun foydalanayotgan bir paytda.

Sentabr oyida Surxandaryo viloyatida Tangimush-Qumqo'rg'on yo'nalishida ketayotgan yuk poyezdi izdan chiqib ketgan va to'rt kishi halok bo'lgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG