Rossiya Yevrosiyo ittifoqiga chaqirsa, O’zbekiston nima deydi?


Rossiya Yevrosiyo ittifoqiga chaqirsa, O’zbekiston nima deydi?

Rossiya Yevrosiyo ittifoqiga chaqirsa, O’zbekiston nima deydi?

O’zbekiston prezidenti Islom Karimov Konstitutsiya kuni munosabati bilan qilgan chiqishida Sovet Ittifoqini qo’msash kayfiyati kuchayganida to'xtalgan edi.

Uning aytishicha, bu kampaniya ittifoqni ko’rmagan, u haqda yetarli ma’lumotga ega bo’lmagan yoshlarga qaratilmoqda. Sobiq sovetlar hududida iqtisodiy soyuzlar tuzish tashabbusi misol, deydi u.

Ular kelgusida siyosiy tus olib, natijada boshqa xorijiy davlatlar bilan aloqaga salbiy ta’sir qilishi mumkin, deya xavotir bildiradi Karimov.

U shu orqali Rossiya Bosh vaziri Vladimir Putin olg’a surayotgan Yevrosiyo ittfoqi loyihasiga munosabatini bildirmoqda.

“Karimovning pozitsiyasiga Rossiyada o’tgan saylovlar ham ta’sir qildi, umuman, saylovdan keyingi vaziyat. O’zbekiston bu uyushmaga qo’shilmasligi boshidan ma’lum edi. Buning uchun katta islohotlar o’tkazilishi kerak. Bundan tashqari, jon boshiga mahsulot hajmi Rossiya yoki Belarus darajasida bo’lishi lozim".

"O’zbekiston chegaralari ochiladigan bo’lsa, xomashyo, qishloq xo’jaligi mahsuloti oqib chiqib ketadi, bu esa ijtimoiy vaziyatga jiddiy ta’sir qiladi. Albatta, bu qarorning geosiyosiy tomonlari ham bor, lekin birinchi navbatda iqtisodiy-ijtimoiy vaziyat bilan bog’liq”, - deydi siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov.

Bu bayonot, ayniqsa, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligining navbatdagi sammiti oldidan bildirilayotgani ahamiyatli. 20-dekbr kuni Moskvada rejalangan sammitda, ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekiston prezidenti ham ishtirok etishi mumkin.

O’zbekiston MDHdagi bojxona ittifoqiga doir tashshabbuslardan ham, Yevrosiyo iqtosodiy integratsiyasidan ham, Kollektiv xavsizlik Shartnomasi tashkiloti doirasidagi harbiy bitimlardan ham chekinib bormoqda.

“O’zbekiston Kollektiv Xavfsizlik Shatnomasi Tashkilotidan chiqadi, degan gaplar matbuotda ikki marta ko’tarildi. Bu sammitda yana qo’zg’alishi mumkin. Biroq tashkilotning bosh a’zosi Rossiya buni qo’llamaydi, masalani sammit doirasida muhokama qilinishini istasa ham".

"O’zbekiston ham tashkilotda bo’lishdan, ham Rossiya manfaatiga zid holda G’arb bilan aloqani oshirishdan manfaatdor. Lekin O’zbekiston tashkilotdan butunlay chiqish niyatida emas, Kreml o’z navbatida buni xohlamaydi. Chunki, Markaziy Osiyoga yo’naltirilgan siyosatda O’zbekiston o’rni juda muhum”, - deydi Rabbimov.

Moskva sammiti sovetlar parchlanishini muhrlagan tarixiy hujjat - Belavejsk bitimining 20 yilligiga to’g’ri kelmoqda.

“O’ylaymanki, Yevrosiyo ittifoqi sovetlarni tiklash, degani emas. Bugun Rossiyada katta integratsion loyihalarni amalga oshirish uchun resursning o’zi yo’q. Rossiya muammolarga yuz tutmoqda".

"O’zbekiston kelajakda bunday iqtisodiy loyihalarga qo’shilsa, yaxshi bo’ladi. Lekin buning uchun bugungi kundan islohotlarni boshlash kerak. Sovetlar qulaganiga 20 yil bo’ldi, uning o’rnida mustaqil davlatlar shakllangani fakt va qaytadan bir kuch ta’siri ostiga olish muammoli masala”, - deydi Rabbimov.

O’zbekiston Sovet sotsialistik respulikasining birinchi kotibi bo’lgan Islom Karimov ittifoqni saqlab qolishni yoqlab chiqqan arboblardan biri edi.

Sharhlovchilar 22 yildan buyon davlatni boshqarayotgan Karimovning sobiq imperiyaga qarshi chiqishlarini ko’proq taxt manfaatlari bilan bog’liq ko’radi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG