Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Toshkentda bo'ldi


Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bugun Toshkentda rasmiylar bilan muloqot qilgan. Avvalroq O'zbekiston va Rossiya prezidentlari Ufada uchrashdi. Putinning Islom Karimovni davlat tashrifi bilan Rossiyaga taklif qilishi ortidan kuzatilmoqda.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bugun Toshkentda rasmiylar bilan muloqot qilgan. Avvalroq O'zbekiston va Rossiya prezidentlari Ufada uchrashdi. Putinning Islom Karimovni davlat tashrifi bilan Rossiyaga taklif qilishi ortidan kuzatilmoqda.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bugun Toshkentda rasmiylar bilan muloqot qilgan. Avvalroq O'zbekiston va Rossiya prezidentlari Ufada uchrashdi. Putinning Islom Karimovni davlat tashrifi bilan Rossiyaga taklif qilishi ortidan kuzatilmoqda.

Islom Karimov Sergey Lavrov bilan ikki tomonlama aloqalar, xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlik masalasida gaplashgan. Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Ufada o'tgan sammiti iliq tassurot qoldirgani haqida aytgan.

Toshkent va Moskvaning xalqaro tashkilotlar va geosiyosiy vaziyat doirasida hamkorligi silliq emas, bu esa ikki tomonlama munosabatlarda aks etadi.

Karimov Putin bilan uchrashuvda aloqalarda taranglik faqat matbuotdaligini aytdi. Tomonlar yondashuvi turlicha ekanini e'tirof etgan prezident hech kim ikki xalq aloqalariga raxna sola olmasligini ta'kidlagan.

​“Bilasizmi, dunyoda turli jarayonlar kechmoqda, kimningdir fikri qaysidir masalada farqli bo'lsa, jurnalistlar, televideniye albatta buni, ya'ni o'zgacha yondashuvni absurd darajada taqdim etadi. Agar bu yondashuv qarama-qarshi tomonga yaqin bo'lsa, demak buni albatta oxirigacha olib borish kerak, ya'ni uning qarshi tomondaligi lagerda ekanini hamma bilishi uchun. Men bundan keskin noroziman, chunki masalaning bunday qo'yilishi O'zbekistonga mutlaqo to'g'ri kelmaydi”, - degan Karimov.

Uning mulohazalarini Rossiya matbuotida O'zbekistonning Moskva yetakchiligidagi ittifoqlardan uzoqlashib, G'arbga burilayotgani haqidagi chiqishlar bilan izohlashadi.

Sharhlovchilar nazarida O'zbekiston Rossiyadan uzoqlashishini ko'rish mumkin. Toshkent Rossiya yetakchiligida tashkil qilingan mintaqaviy tashkilotning birortasiga a'zo emas, faqat yetakchisi Xitoy hisoblangan ShHT bundan mustasno.

Toshkentning bu siyosati, ayniqsa, Qrimning Rossiya tomonidan ishg'ol qilinishi, Ukrainada rossiyaparast ayirmachilar qo'zg'alishi ortidan sezilarli kuchaydi.

O'zbekiston rasman Ukraina yaxlitligini qo'llab bayonot bergan. Ukrainadagi ayirmachilarni qo'llayotgan Moskva uchun esa bu bayonot yoqimsiz.

Karimov ba'zan MDH yetakchilariga nimalar qilishni o'rgatmoqchi bo'layotgan Moskvani ham bilvosita tanqid ostiga olishi mumkin. Moskvada may oyida o'tgan MDH sammitida g'alaba paradida ishtirok etishni istamagan prezidentlarni himoya qilgan Karimov Qirg'iziston rahbari Almaz Atambayevni tanqid qilgan edi. Bu bilan u Putinni ham nishonga olgan, deyiladi.

Rossiyaning Ukrainaga tajovuzi nafaqat O'zbekiston, balki mintaqaning boshqa davlatlarini o'z mustaqilligi uchun xavotirga solgan. Ammo umumiy chegara bilan ham, harbiy bazalar joylashishi bilan ham Rossiyaga bog'liq bo'lmagan Toshkentda bu xavotirlarni jiddiy bildirish imkoniyati ko'proq.

​“Ukraina voqealari mintaqa davlatlarining Rossiyaga munosabatini oydinlashtiruvchi vaziyat bo'ldi. Qozog'iston, masalan, har qanday vaziyatda baribir Rossiyani qo'llaydi. O'zbekiston bu borada, umuman, Rossiyaga munosabatlarda mustaqil pozitsiyaga ega. Toshkent uchun, albatta, geosiyosiy kuchlarning ahamiyati muhim. Masalan, mintaqada Xitoy ham Rossiya keskin fikrlarini bildira boshlasa, O'zbekiston ham bu tendensiyaga qo'shilishi mumkin”, - deydi qozoq muxolifati faoli Aydos Sodiqov.

Toshkentda Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Lavrov o'rtasidagi uchrashuvda Karimovning Putin taklifiga ko'ra Moskvaga rejalangan tashrifi ham muhokama qilingan. Tashrifi shu yil amalga oshishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG