"Qozog’iston va O’zbekistonda hokimiyat uchun kurash ketmoqda, region hamon Rossiyaga tayanadi"


"Qozog’iston va O’zbekistonda hokimiyat uchun kurash ketmoqda, region hamon Rossiyaga tayanadi"

"Qozog’iston va O’zbekistonda hokimiyat uchun kurash ketmoqda, region hamon Rossiyaga tayanadi"

AQShda asoslangan “Stratfor” razvedka va strategik tahlil markazi har yil boshida global vaziyat bo’yicha o’z xulosa va siyosiy bashoratlarini bayon qiladi.

Tashkilot nazarida sobiq SSSR hududidagi yosh davlatlarning aksariyati hamon Rossiyaga tobe va Boltiqbo’yi mamlakatlaridan tashqari hamma joyda Kreml o’z ta’sir kuchini mustahkamlab olgan.

Loren Gudrich (Lauren Goodrich) “Stratfor”da yetakchi ekpert, uzoq yillar Rossiya va sobiq Sovet Ittifoqidagi boshqa o’lkalarda ishlagan. Rus tilini yaxshi biladi, hudud bo’ylab xizmat safarlarida bo’lib turadi. Mutaxassis bu mamlakatlar bo’yicha “Stratfor”chiqargan hisobotlarning asosiy muallifi.

Rossiya G’arb bilan hamkorlikni oshirib, do’stona aloqaga kirishar ekan, atrofdagi davlatlarga gapini o’tkazishi ham osonlashadi, deyiladi “Stratfor” tahlilnomasida. Loren Gudrich buni shunday tushuntiradi:

"Qozog’iston va O’zbekistonda hokimiyat uchun kurash ketmoqda, region hamon Rossiyaga tayanadi"

"Qozog’iston va O’zbekistonda hokimiyat uchun kurash ketmoqda, region hamon Rossiyaga tayanadi"

Rossiya sobiq ittifoq davlatlarini o'ziga bo'ysundirib bo'ldi

“Rossiya eski ittifoqni tiklash harakatida emas. Maqsad bu hududdagi davlatlar tashqi siyosatini nazorat ostida saqlash, ya’ni mamlakatlar o’zi bilib, mustaqil holda ish yuritmasin. Mana shuning o’zi Rossiya qudratini ta’minlash uchun kifoya” ,- deydi Gudrich xonim.

“2010 yilga kelib, Rossiya atrofdagi deyarli hamma davlatlarni bu borada o’ziga bo’ysundirib oldi. Ular bugun yo tamoman nazorat ostida yo neytral bir pozitsiyada. Ya’ni Rossiya ularning butunlay G’arbga yuz tutishiga yo’l qo’ymaydi. Boltiqbo’yidan boshqa hamma joyda uning aytgani aytgan”.

Kavkaz

Ekspert Kavkazga alohida to’xtaladi. Armaniston, deydi u, bugun Rossiyaga butkul bo’ysunadi. Rossiyaga moyillikda balki birinchi o’rinda. Ozarbayjon, garchi G’arb bilan aloqalari ancha yaxshi bo’lsa-da, o’ta neytral holatda turishga majbur. Rossiyaga quloq tutmaslik yaxshi oqibatlarga olib bormasligini biladi.

Gruziyaga kelsak, o’zini G’arbga qanchalik yaqin tutmasin, buning uddasidan chiqa olmaydi, chunki hududining chorak qismini bugun Rossiya egallab olgan. Bu davlat soyasida yashashga majbur. Rossiya Gruziyaga istagan payt hamla qilishi mumkinligini biladi”.

Markaziy Osiyo

Markaziy Osiyoda, deydi Loren Gudrich, Rossiyaning Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikistondagi nufuzi va rolidan ko’ngli to’q. Iqtisod va xavfsizlik nuqtai nazaridan bu davlatlar Rossiya panasida bo’lishni ma’qul ko’radi.

AQShda asoslangan “Stratfor” razvedka va strategik tahlil markazi har yil boshida global vaziyat bo’yicha o’z xulosa va siyosiy bashoratlarini bayon qiladi

AQShda asoslangan “Stratfor” razvedka va strategik tahlil markazi har yil boshida global vaziyat bo’yicha o’z xulosa va siyosiy bashoratlarini bayon qiladi

http://www.stratfor.com/

O'zbekiston

O’zbekiston Rossiyaning yaqin hamkorlaridan biri. Lekin bu, Toshkent Moskvaga tobe degani emas, deydi razvedka ma’lumotlarini tahlil qilib kelayotgan mutaxassis.

Rossiya ko’p jihatdan o’z ta’sir kuchiga ega, deydi Loren Gudrich, biroq O’zbekiston o’zining mustaqil qarash va pozitsiyalarini unga ochiq bildirib keladi.

“O’zbekistonga gap o’tkazish oson emas, chunki hukumat u yerda kuchli pozitsiyada turadi. Ammo Rossiyaning qo’li baland ekanini esdan chiqarmaslik kerak. Masalan sanoat va xomashyo, ishlab chiqarish va mahsulotni qayta ishlash bobida O’zbekiston Rossiyaga tayanib qolgan”.

Qozog'iston

G’arbda ko’pchilik tahlilchilar va siyosatdonlar Qozog’iston tashqi siyosatini maqtab, Nursulton Nazarboyev g’arbu-sharq va orada joylashgan Rossiya bilan birdek mustahkam aloqalarni yo’lga qo’ygan deb keladi.

“Stratfor” tashkiloti yetakchi eksperti bu fikrdan yiroq.

“Qozog’iston iqtisodiy jihatdan, o’z boyliklarini jahon bozoriga chiqarish bobida Rossiyasiz hech narsa qila olmaydi”,- deydi u.

"Qozog’iston va O’zbekistonda hokimiyat uchun kurash ketmoqda, region hamon Rossiyaga tayanadi"

"Qozog’iston va O’zbekistonda hokimiyat uchun kurash ketmoqda, region hamon Rossiyaga tayanadi"

“Aholi ham rusparast. Hukumat har ishda Rossiya pozitsiyasini nazarda tutadi. Ruslarning gapi gap”,- deydi Loren Gudrich.

Pekin va Moskva bir-birini so'zsiz tushunadi

Lekin o’tgan yillarda Xitoy nafaqat Qozog’iston balki butun Markaziy Osiyoda o’z rolini ancha mustahkamlab oldi. Katta miqdorda sarmoya kirita boshladi. Xitoy Rossiyani siqib chiqarmoqda degan fikr keng tarqalgan.

“Xitoy Rossiyaning jig’iga tegishni istamaydi. Chunki Rossiya ham uning jig’iga tega boshlasa, oqibati yaxshi bo’lmaydi. Xitoy sarmoyasi Rossiya nazarida xavfli emas, Pekin mintaqa siyosatiga aralashmasa bo’lgani. Xitoy hozircha iqtisodiy qudratini oshirish bilan ovora. Siyosatga burnini tiqsa, Rossiya ham uning biqinidagi Xitoy hududlarini gij-gijlay boshlashi mumkin. Pekin va Moskva kim nimadan manfaatdor emasligini so’zsiz tushunadi”.

“Stratfor” tahlilnomasida qayd etilishicha, Qozog’iston va O’zbekistonda hokimiyat uchun kurash boshlanib ketgan.

"Qozog’iston va O’zbekistonda hokimiyat uchun kurash ketmoqda, region hamon Rossiyaga tayanadi"

"Qozog’iston va O’zbekistonda hokimiyat uchun kurash ketmoqda, region hamon Rossiyaga tayanadi"

Hammasi parda ortida, deydi Loren Gudrich, prezidentlar Nazarboyev va Karimov kimni vorislikka tanlashi mumkinligi bugun eng ko’p tilga olinayotgan masala. Keksayib qolgan rahbarlarning sog’lig’i haqida tinimsiz mish-mishlar yuradi va o’ziga xos mavhumlik hukmron.

“Nazarboyev masalan atrofidagi hech kimga ishonmay qo’ygan. Vazirlar va boshqa yuqori lavozimlardagilarni tez-tez yangilab turadi. Bir necha yil oldin iste’foga chiqishni rejalagan bo’lsada, bugun bu ahdidan qaytgan. Rahbarlikda umrining oxirigacha qolish niyatida. Buni ta’minlashga qurbi yetadi”.

"Qozog’iston va O’zbekistonda hokimiyat uchun kurash ketmoqda, region hamon Rossiyaga tayanadi"

"Qozog’iston va O’zbekistonda hokimiyat uchun kurash ketmoqda, region hamon Rossiyaga tayanadi"

“O’zbekistonda, ochiq aytish kerak, kurash qanday kechayotgani haqida ko’p narsa bilmaymiz. Lekin elita ichida raqobat kuchaygani aniq”.

Mavhumlik xavotir uyg’otishi tayin

“Stratfor” xalqaro hamjamiyatga vaziyatdan ogoh bo’lib turishni maslahat beradi.

O’zbekistonlik ayrim ekspertlar fikricha, Islom Karimov parlamentga ko’proq vakolat berishni taklif qilib, uning rahbarligi poyoniga yetgach vaziyat izdan chiqib ketmasligini ta’minlashga harakat qilmoqda.

Lekin Loren Gudrich konstitutsion o’zgartirishlar biror foyda berishiga ishonmaydi. Ular tinchlik kafolati emas, deydi u, bosh qomusni yana o’zgartirish qiyinmas, ayniqsa yosh davlatlarda.

"Qozog’iston va O’zbekistonda hokimiyat uchun kurash ketmoqda, region hamon Rossiyaga tayanadi"

"Qozog’iston va O’zbekistonda hokimiyat uchun kurash ketmoqda, region hamon Rossiyaga tayanadi"

Qirg'iziston

Qirg’izistonda vaziyat, bu ekspert va uning tashkiloti taxminicha, hali-beri o’nglanmaydi, xususan janubda.

Mojaro qoldirgan yara tezlikda bitmaydi. Hukumat Rossiyaga yaqin va notinchlik yuzaga kelsa, undan yordam so’rashi aniq, deydi Loren Gudrich.

Tojikiston

Tojikistonda hukumat ekstremistlarga qarshi kurashayapmiz deb islomiy muxolofatning ildiziga bolta urishga harakat qilmoqda, deydi Loren Gudrich, bu faqat notinchlikka yetaklaydi. Qashshoqlik va ilojsizlikda yashayotgan jamiyatda odamlarni hukumatga qarshi qayrash qiyin emas, deydi ekspert.

“Harbiy jihatdan Tojikiston hukumati Rossiyaga suyanib qolgan. Kreml, kerak bo’lsa, vaziyatni qo’lga olishga tayyor ekani haqida ma’lumotlar bor”,- deydi tahlilchi.

"Qozog’iston va O’zbekistonda hokimiyat uchun kurash ketmoqda, region hamon Rossiyaga tayanadi"

"Qozog’iston va O’zbekistonda hokimiyat uchun kurash ketmoqda, region hamon Rossiyaga tayanadi"

Turkmaniston

Turkmanistonda, “Stratfor” tashkiloti ta’biricha, biror katta o’zgarish kutilmayapti. Gaz boyliklarini eksport qilish masalasida Rossiya bilan til topishish qiyin kechmoqda, deydi Loren Gudrich, lekin hukumat mahsulotga talab kuchli ekanini biladi.

Turkmaniston o’ziga xos barqarorlikda yashaydi. Xalq izolyatsiyada kun kechirishga o’rganib ketgan, deydi mutaxassis, tashqi dunyo ta’siri juda past.

Aytish joiz, “Stratfor” xususiy-tijoriy firma, to’plagan ma’lumotlarini jamoatchilik bilan tekinga bo’lishmaydi. Chunki, deydi uning vakillari, “biz biror davlat uchun ishlamaymiz”.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. TV va radio diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. AQSh siyosati va hayoti hamda Markaziy Osiyodagi muhim masalalarni yoritadi. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida muharrir sifatida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida ham dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG