Breaking News

Amerika-O'zbekiston, majburiy mehnat masalasi/US-Uzbekistan, forced labor


Amerika-O'zbekiston, majburiy mehnat masalasi/US-Uzbekistan, forced labor
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:12 0:00

AQSh Rossiya va Xitoy qatorida O'zbekiston hukumatini ham zamonaviy qulchilikda ayblab, o'zi yuritadigan maxsus ro'yxatda respublika maqomini yanada pasaytirdi, eng quyi 3-pog'onaga tushirdi. Bu degani Kongress respublika bilan hamkorlikni cheklab qo'yishi mumkin. Vashington nazarida O'zbekiston paxta dalalarida bolalar va katta yoshdagilar majburan ishlatilishi zamonaviy qulchilik hisoblanadi va Amerika bu muammoni tan olib, Toshkentni siyosatni o'zgartirishga undamoqda.Dunyo bo'ylab inson savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurash yo'lida AQSh Davlat departamenti har yili maxsus hisobot chiqarib, uni xalqaro hamjamiyat va Kongressga taqdim etadi. Qonunchilar talab qiladigan bu hujjatda Amerika hamkorlik qilayotgan davlatlardagi vaziyat tahlil qilinib, kim nima chora ko'rayotgani va o'sha mamlakatga nisbatan siyosatni belgilashda nimaga e'tibor berish lozimligi ta'kidlanadi. Shu bois ham bu hisobotda keskin tanqidga uchrash davlatlar uchun boshog'riq.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG