AQSh va O'zbekistonga korrupsiya ishi bo'yicha kelishishga vaqt berildi

  • Amerika Ovozi

G'arb mobil kompaniyalari O'zbekistonda biznes qilish uchun Prezident Islom Karimovning katta qizi Gulnora Karimovaga yuzlab million dollar pora bergan, degan da'vo asosidagi tekshiruv hali tinmagan.

G'arb mobil kompaniyalari O'zbekistonda biznes qilish uchun Prezident Islom Karimovning katta qizi Gulnora Karimovaga yuzlab million dollar pora bergan, degan da'vo asosidagi tekshiruv hali tinmagan.

G'arb mobil kompaniyalari O'zbekistonda biznes qilish uchun Prezident Islom Karimovning katta qizi Gulnora Karimovaga yuzlab million dollar pora bergan, degan da'vo asosidagi tekshiruv hali tinmagan.

Yil boshida "VimpelCom" kompaniyasi aybni bo'yniga olib, AQSh bilan murosa qilgan va qariyb 800 million dollar tovon to'lashga rozi bo'lgan edi. Yevropada Gulnora Karimovaga tegishli qimmatbaho mulklar va bank hisoblari muzlatilgan.

Pora berganlikda ayblangan "TeliaSonera" (hozirda "Telia"), MTS va "VimpelCom" aksiyalari Nyu-Yorkdagi birjalarda sotiladi. Bu yulg'ichlik ishida Amerika moliya tizimidan foydalanilgan.

AQSh Adliya vaziri 2015-yildan beri bu ishni jadal tekshirib, yaqinda hatto Gulnora Karimova va uning hozir vatanda qamoqda o'tirgan odamlarini ham sudga berdi. Vazirlik bu shaxslardan o'g'irlangan mablag'ni topshirishni talab qilmoqda.

Gulnora Karimova 2014-yilning boshidan beri uy qamog'ida ekani aytiladi. O'zbekiston hukumati uning taqdiri yuzasidan lom-mim demaydi.

Lekin o'tgan yil oxiri va shu yil boshida AQSh federal sudiga yozilgan rasmiy maktubga ko'ra, bu korrupsiya ishi respublikada tegishli organlar tomonidan tergov qilinib, javobgar shaxslar jazoga tortilgan. Toshkent AQSh talabi bilan muzlatilgan boylik O'zbekiston davlatiga qaytarilishi kerak, deya talab qilmoqda.

Gap u yerda jami 850 million dollarga teng mablag' haqida ketmoqda, deya xabar beradi "The Wall Street Journal" gazetasi. Nyu-Yorkdagi federal sud tomonlarga 2016-yilning 31-iyuligacha masala yuzasidan kelishib olishni buyurgan. Kelishuvga erishilmasa, masala sudda ko'riladi.

Muzokaralar AQSh Adliya vazirligi va O'zbekiston Nyu-Yorkda yollagan "Holwell Shuster & Goldberg" advokatlik firmasi orasida kechmoqda. Tomonlar matbuot uchun bayonot bermagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG