AQSh O'zbekistonga harbiy vositalar uzatadi

  • Amerika Ovozi

Pamela Spratlen, AQShning Toshkentdagi elchisi va O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Toshkent, 27-aprel, 2015

Pamela Spratlen, AQShning Toshkentdagi elchisi va O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Toshkent, 27-aprel, 2015

Shu yilning 27-aprel kuni Toshkentda AQSh elchisi Pamela Spratlen va O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov qoradori savdosiga qarshi kurash, chegara xavfsizli va huquq-tartibot bo'yicha hujjat imzolagan.

Kelishuv shundan iboratki, AQSh Mudofaa vazirligi O'zbekiston chegara va boj tizimlariga 6 million 200 ming dollarga teng harbiy uskuna va mashinalar uzatadi.

Hujjatga binoan, bu vositalar Milliy xavfsizlik xizmatining chegara himoyasi bo'yicha qo'mitasi hamda davlat bojxona qo'mitasi tomonidan ishlatilishi kerak.

Maqsad, deya bayon qiladi AQSh elchixonasi, narkotik moddalar tashiydigan tizimlarni yo'q qilish.

Bu yil O'zbekiston AQShdan 328 dona zirhli harbiy mashinalar ham olgan. Maxsus dastur yordamida hadya qilingan bu vositalar chegara xavfsizligi va qoradori savdosiga kurash maqsadida ishlatilishi kerak, deya ta'kidlaydi Amerika rasmiylari.

O'zbekiston hukumatini repressiv, huquqbuzar va qonunbuzar tuzum deb biladigan xalqaro tashkilotlar nazarida AQSh ko'rsatayotgan bunday madad vaziyatni yaxshilash uchun xizmat qilmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG