O’zbekiston rasmiylari Amerika fuqarolarini mamlakatdan haydagan

  • Amerika Ovozi

O’zbekiston rasmiylari Amerika fuqarolarini mamlakatdan haydagan

O’zbekiston rasmiylari Amerika fuqarolarini mamlakatdan haydagan

O’zbekiston hukumati Amerika fuqarolarini noqonuniy missionerlik faoliyatida ayblab, mamlakatdan haydagan.

O’zbekiston rasmiylarining aytishicha, bir necha fuqaro o’zini tadbirkor yoki ingliz tili o’qituvchisi deb tanishtirib, o’zbeklarni xristianlikka og’dirishga uringan.

Amerikalik bu shaxslar o’zbek tilini puxta o’rganib, o’zlarini Jahongir, Husan, Jasur va Farhod deya tanitgan.

Qo’shma Shtatlar O’zbekistonning Afg’oniston masalasidagi madadini olqishlab keladi, lekin mamlakatda huquq bilan bog’liq vaziyatni tanqid qilishi ham sir emas.

Ikki hafta oldin AQShning Alabama shtatida O’zbekiston fuqarosi Ulug’bek Qodirov prezident Barak Obamani o’ldirishni rejalaganlik gumoni bilan qamoqqa olingan edi.

Qo’shma Shtatlarga student vizasi bilan kelgan Qodirovning sudi davom etmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG