O'zbekiston: Siyosiy mahbusning farzandi prezidentlikka muqobil nomzod


Dilshod Usmonov, 1998-yilda moliyaviy jinoyatlarda aybdor deb topilib, uzoq yilga ozodlikdan mahrum etilgan tadbirkor Rustam Usmonovning o'g'li. Otasining niyatlarini amalga oshirishni asosiy maqsadi deb biladi.

Dilshod Usmonov, 1998-yilda moliyaviy jinoyatlarda aybdor deb topilib, uzoq yilga ozodlikdan mahrum etilgan tadbirkor Rustam Usmonovning o'g'li. Otasining niyatlarini amalga oshirishni asosiy maqsadi deb biladi.

1998-yilda qamoqqa olinib, Qirg’iziston hududida noqonuniy moliyaviy faoliyat yuritganlik, tovlamachilik va yulg’ichlikda aybdor deb topilib, 14 yillik qamoq jazosiga mahkum etilgan Rustam Usmonov “borsa-kelmas manzil” deya ataluvchi Jasliq turmasida o’tiribdi.

50 yoshida Usmonov o’z davrining ilg’or odamlaridan biri hisoblangan - tadbirkor, olim va jurnalist. Xususiy sektorda muvaffaqiyat qozonib, bankir va omilkor shaxs sifatida nufuz orttirgan edi. Usmonovning jazo muddati mavhum sabablarga ko’ra uzaytirilgan. Qachon ozodlikka chiqadi, noma’lum.

Inson huquqlari tashkilotlari, xususan "Human Rights Watch" tomonidan siyosiy mahbus deya ta'riflangan bu insonning 37 yoshli o’g’li Dilshod Usmonov xorijdagi faollar o’tkazayotgan muqobil, virtual prezident saylovida o’z nomzodini qo’ygan.

Rustam Usmonov 1998-yildan beri panjara ortida

Rustam Usmonov 1998-yildan beri panjara ortida

Rossiyada ekologiya sohasida ishlayotgan nomzod, "Amerika Ovozi" bilan suhbatda, otasining orzulari, kelajak, shuningdek, Prezident Islom Karimov haqidagi fikrlari haqida gapirib berdi.

O’zingizni nima uchun prezidentlikka loyiq shaxs deb hisoblaysiz?

O’zbekistondagi saylovda o’z nomzodingizni qo’yarmidingiz?

Virtual saylovda qatnashishning ahamiyati nimada?

Siz singari oshlar oldidagi eng muhim muammolar nima?

Islom Karimov Navro'z tantanasida, Toshkent, 21-mart, 2015

Islom Karimov Navro'z tantanasida, Toshkent, 21-mart, 2015

Chet elda yurgan o’zbekistonliklardan vatan qanday naf ko'rmoqda?

Prezident Islom Karimov bilan gaplasha olganingizda, nima derdingiz?

O’zbekistonni kim to’g’ri boshqara oladi?

Marhamat, tinglang:

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. TV va radio diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. AQSh siyosati va hayoti hamda Markaziy Osiyodagi muhim masalalarni yoritadi. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida muharrir sifatida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida ham dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

XS
SM
MD
LG