Breaking News

HRW: Urlayevaga qilingan hujum tergov qilinsin, AQSh e'tiborni oshirsin


Paxta chopig'i, navbatdagi majburiy mehnat kampaniyasi yuzasidan jamoatchilikka ma'lumot berib kelayotgan Urlayeva 31-may kuni Chinozda hujumga uchragan.
Paxta chopig'i, navbatdagi majburiy mehnat kampaniyasi yuzasidan jamoatchilikka ma'lumot berib kelayotgan Urlayeva 31-may kuni Chinozda hujumga uchragan.

Inson huquqlari himoyasi bilan mashg'ul "Human Rights Watch" (HRW) tashkiloti O'zbekistonda faol Yelena Urlayevaga qilingan hujumni tanqid qilmoqda. O'zbekistonning hamkorlari AQSh, Yevropa Ittifoqi va boshqalar voqeani qoralashi zarur, deyiladi tashkilotning bugungi bayonotida.

Human Rights Watch: Urlayevaga qilingan hujum tergov qilinsin, AQSh e'tiborni oshirsin - Malik Mansur lavhasi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:40 0:00

Paxta chopig'i, navbatdagi majburiy mehnat kampaniyasi yuzasidan jamoatchilikka ma'lumot berib kelayotgan Urlayeva 31-may kuni Chinozda ushlangan edi. O'zbekiston huquq himoyachilari alyansi yetakchisi tumandagi vaziyatni o'rganayotgan bo'lgan.

Ichki ishlar boshqarmasiga olib ketilgan huquq faoli suratlar solingan fleshkani yashirganlikda gumon qilinib qiynoqqa tutilgan. Dori bilan holsizlantirilib tahqirlangan, tanasidan, jinsiy a'zolaridan fleshka izlab rentgenga tushirishgan.

“Men o'z faoliyatim davomida ko'plab tazyiqlarni boshdan o'tkazgan edim. Meni qiynashgan, urib ketishgan, turlicha boshqa tazyiqlar ko'rsatishgan. Ammo hali bu darajadagi hayvonlarcha munosabatga to'qnash kelmagan edim. Chinozda o'tkazilgan tahqirlash, xo'rliklardan so'ng karaxt bo'lib qoldim, vaqt o'tib endi o'zimga kelayapman, lekin haliyam dori ichishda, ukol olishda davom etayapman”, - deydi Urlayeva.

Yelena Urlayeva ham, bu voqea yuzasidan xavotir bildirgan xalqaro tashkilotlar ham O'zbekiston hukumatiga tahqirlov va qiynoqlar yuzasidan surishtiruv o'tkazish talabi bilan chiqdi. Bu talablarga hozircha javob yo'q, Urlayevaning arizasini qabul qilgan mutasaddi hodisa o'rganilishini aytgan.

“Sud tibbiy ekspertizasini o'tkazish, aybdorlarni jazolash talabi bilan ariza topshirgan edim. Menga faqat o'rganamiz, degan javobni aytishdi. Hozircha boshqa bir natija haqida gapirish qiyin”, - deydi u.

Urlayevaning so'zlariga ko'ra, qiynoqlar, haqoratlar, tahqirlashlar uni inson huquqlari yo'lida kurashishdan qaytara olmaydi. Ayniqsa, mamlakat aholisi majburiy ravishda qullikka haydalayotgan hozirgi vaziyatda.

“Hozir huquq himoyasi bilan shug'ullanish juda qiyin, ammo hukumat odamlarni ommaviy ravishda zamonaviy qullikka mahkum qilayotganiga, ekspluatatsiya qilishiga qarab turish qiyin. Biz odamlarni bundan qutqarishni xohlaymiz. Shunday ekan, biz har qanday tazyiqlarga qaramasdan, o'z faoliyatimizda davom etamiz. Qo'llov bor, xalqaro tashkilotlar ham jim turishgani yo'q, bu vaziyat baribir o'zgarishi kerak”, - deydi Urlayeva.

Uning O'zbekiston huquq himoyachilari alyansi mamlakatda qolayotgan kamsonli huquq tashkilotlaridan sanaladi.

Bir paytlar O'zbekiston viloyatlari, tumanlari bo'ylab o'z bo'limlariga ega bo'lgan yirik huquq tashkilotlari faoliyati bugun deyarli tugatilgan. Bu tashkilotlar faollarining bir qismi tazyiqlar bois xorijga chiqib ketdi, aksariyati qamoqda, turli ayblovlar bilan mahkum qilingan bu faollar uzoq yillardan beri qamoqdan chiqarilmaydi.

Yaqinda O'zbekiston inson huquqlari jamiyati faoli A'zam Farmonovga belgilangan 9 yillik jazo muddati tugashi ortidan, qamoqxonada o'tkazilgan sud unga yana 5 yil qo'shib berdi.

Faollar so'nggi yillarda odam savdosida ayblanib 10 yilga qamalgan huquq himoyachilari Nuriddin Jumaniyozov va Fahriddin Tillayevlarning qamoqdagi taqdiridan ham xavotirda.

Markaziy Osiyo inson huquqlari tashkiloti Nuriddin Jumaniyozov bilan uning advokati ham bog'lana olmayotgani, u qamoqda daraksiz qolayotgani haqida xabar beradi.

Yelena Urlayevaga ko'rsatilgan tayziqlar yuzasidan bayonot tarqatgan xalqaro Paxta Kampaniyasi (The Cotton Campaign) huquq himoyachisini tahqirlagan odamlar jazolanishi lozimligini ta'kidlab, AQSh, Yevropa Ittifoqini O'zbekistondagi bosimlarga nisbatan keskin e'tiroz bildirishga chaqiradi.

Qamoq, qiynoq va adolat - Qayum Ortiqov va Mohira Ortiqova bilan suhbat
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:13:33 0:00

O'zbekistonda qiynoqlar tinmayapti - Xalqaro Amnistiya
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:45 0:00

O'zbekistondagi siyosiy mahbuslar taqdiri AQSh Kongressida muhokamada - Political prisoners in Uzbekistan/US Helsinki Commission
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:39 0:00

O'zbekiston Kongress e'tiborida - 21-may, 2015, Vashington
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:02 0:00

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG