"O'zbeklar Pitsburgda". Videoreportaj. 4-qism. Anvar Qorayev va uning oilasi


Anvar Qorayev, Pitsburgda yashovchi o'zbeklardan

Anvar Qorayev, Pitsburgda yashovchi o'zbeklardan

Anvar Qorayev 26 yoshda, asli Surxondaryodan. Biz Pitsburgga borgan kunimiz uning O’zbekistondan besh oy burun kelgan ota-onasi vatanga qaytishga hozirlik ko’rishayotgan ekan.

Reportajimiz qahramoni bilan suhbatdan avval ularning Amerika haqidagi taassurotlari bilan qiziqdik.

Abdulvohid aka va Soliya opa nafaqat Amerikani, balki nabirasini ham ilk bor ko’rishga muyassar bo’ldi.

Birinchi gal viza olisholmagani bois o’g’lining to’yini ko’rish nasib qilmadi.

Ammo ikkinchi gal otaning so’zlaridan ko’ra, onaizorning ko’z yoshlari konsulga ko’proq ta’sir qildi.

Anvar 2009-yil Amerikaga kelganida hayotidagi eng katta va quvonchli o’zgarishlar aynan shu yurtda kechishini tasavvur qilmagan edi.

So’nggi ikki yilda u uylandi, farzandli bo’ldi va o’z biznesini boshladi.

Anvarning turmush o’rtog’i Shahnoza Samarqanddan. Amerikaga grin-karta bilan ikki yarim yil oldin kelgan.

U uyining yonidagi do’konda sotuvchi bo’lib ishlaydi. Turmush qurishganiga bir yarim yil bo’ldi.

Anvar ikki sherigi bilan Pitsburgda “Subway” kafesini franchayzing asosida yuritmoqda.

Shaharga yangi keladigan o’zbeklarning ko’pi boshida “Subway” tizimida ishlagan. Bir-birimizga yordam beramiz, deydi Anvar.

Anvar shu kunlarda uyining yonidagi bir pitseriyani olib, uni yurgizmoqchi, kelajak rejalar katta. Turmush o’rtog’i Shahnoza ham o’z ustida ishlamoqda.

Kelajak avlod ulg’ayarkan, Anvar farzandining o’zbekona tarbiya olishini istaydi.


XS
SM
MD
LG