Koreyada yashayotgan o'zbeklar madaniyatimiz o'xshash, deydi


Koreyada yashayotgan o'zbeklar madaniyatimiz o'xshash, deydi

Koreyada yashayotgan o'zbeklar madaniyatimiz o'xshash, deydi

Janubiy Koreya O’zbekistonning dunyodagi eng yaqin hamkorlaridan hisoblanadi.

Bu davlat prezidenti yaqinda Toshkentda bo’lib, yangi bitimlar imzoladi. Ikki tomonlama hamkorlik tufayli ko’plab o’zbekistonliklar Janubiy Koreyaga borib o’qimoqda, ishlamoqda.

Biz bilan suhbatda bo’lgan yoshlarning aytishicha, ikki mamlakat madaniyati bir-biriga juda o’xshab ketadi.

(Lavhani to'liq holda tinglang)

Marhabo Xidayova turmush o’rtog’ining o’qishi tufayli Janubiy Koreyaga borib qolgan. Fursatdan foydalanib, men ham o’qiyapman, ammo ishlash uchun maxsus hujjat bo’lishi kerak, deydi u.

Bu yerdagi hayotdan mamnunmiz, deydi u. Marhabo va uning oilasi Deyjon shahrida turadi. Uning aytishicha, Janubiy Koreyada o’zbeklar ko’p, ammo aksariyati mamlakatning boshqa burchaklarida yashaydi.

Ilhomjon Qidirov asli angrenlik. Janubiy Koreyaga sakkiz yilcha oldin borib qolgan. Poytaxt Seulda o’qib ishlaydi. Koreys tilida yaxshi so’zlashadi.

Ikki davlat yaqin hamkor bo’lgani bilan, deydi Ilhomjon Qidirov, koreyslar O’zbekiston haqida kam biladi. Matbuotda respublika haqida ma’lumot oz.

Koreyaga borgan o’zbeklar uch toifaga bo’linadi. Talabalar, O’zbekiston Mehnat vazirligi tomonidan ishga yuborilgan xizmatchilar va qora ishchilar, ya’ni gastarbayterlar. O’zaro aloqa har bir toifaning ichida bo’ladi, deydi Qidirov.

Yana bir suhbatdoshim ham Seulda olti yildan beri turadi. Asli andijonlik. O’qishdan so’ng ishga kirgan. Qobiljon Mirzayevning aytishicha, koreys erkaklari xorijda uylanmoqchi bo’lsa, kelin qidirishni O’zbekistondan boshlaydi.

Aksariyat o’zbeklar, Qobiljon Mirzayev nazarida Janubiy Koreyada qolishni istamaydi. Bir oz ishlab, pul topib, O’zbekistondagi oilamni qo’llab-quvvatlasam, deydi ular.

XS
SM
MD
LG