Breaking News

Telereportaj: O'zbeklar Texasda. Ikkinchi qism


Texasda o'zbek oilalari. Kollej Steyshn, 2012-yil sentabri.
Texasda o'zbek oilalari. Kollej Steyshn, 2012-yil sentabri.
"Amerika Ovozi" Texasda yashovchi o'zbeklar haqida turkum lavhalarini yaratishda davom etmoqda. Shtatning Xyuston shahri va atrofida 50 dan ziyod o'zbeklar yashaydi. Ular orasida talabalar, olimlar, sportchilar, turli kasb egalarini uchratish mumkin.

O'zbek oilalari o'zga yurtda o'z tili, madaniyati, urf-odatlarini saqlab qolishga harakat qilmoqda. "Amerika Ovozi" ana shunday oilalarning ikkitasi bilan suhbatda bo'ldi. Biri Kollej Steyshnda yashaydi.

Xonadon boshi Ahdiyor Sattorov fizika-matematika fanlari nomzodi. Amerikaga 1998-yilda kelgan. Texas A&M universitetida ilmiy xodim bo'lib ishlaydi.

Sattorovlar oilasi 14 yildan beri Amerikada yashayotganiga qaramay, o'zbek urf-odatlari, tarbiyaga e'tibor kuchli. Oila bekasi Gulchehra Sattorova uch farzandni ana shunday ruhda tarbiyalamoqda.

"Amerika Ovozi" Xyustonda Furqatbek Yakvalhojiyev xonadonida ham bo'ldi. Bu oila Xyustonga yaqinda Filadelfiyadan ko'chib bordi. Furqatbek Yakvalhojiyev bir paytlar "Ozodlik" radiosining Toshkentdagi bo'limini boshqargan. Besh yil avval bu mamlakatga uch farzandi bilan endigina kelganida "Amerika Ovozi" bu oila haqida reportaj tayyorlagan edi.

So'nggi besh yilda xonadon a'zolari hayotida katta o'zgarishlar ro'y berdi. Ikki o'g'il oliy ma'lumotli bo'ldi. Biri uylanib, qiz ko'rdi. Oilaning kenjasi esa o'rta maktabni a'lo baholarga tamomlash arafasida, bir necha universitetdan bepul o'qishga taklif tushgan.

Furqatbek Yakvalhojiyevning aytishicha, Amerikada yashashni istagan har bir odamda bu yerga kelishdan oldin aniq maqsad bo'lishi kerak. Aks holda, Amerikaga kelishdan foyda yo'q, umr zoye ketadi, deydi u.

"Amerika Ovozi"ning bu ikki oila haqidagi lavhasini quyidagi video orqali to'liq namoyish etish mumkin.

  • 16x9 Image

    Odil Ro'zaliyev

    Odil AQShning Tafts Universitetida (Tufts University) magistrlik darajasini olgan. Ungacha O'zbekistonda Jahon tillar universitetida tahsil qolgan, Nyu-Yorkdagi Peys universitetida bir yil almashinuv dasturi bo'yicha o'qigan. 

    Odil graduated from the Uzbekistan State World Languages University. Then he was an exchange student at Pace University in New York for one year (1993-1994). He got his Master's degree from Tufts University in Massachusetts in 2004.

XS
SM
MD
LG