Breaking News

O’zbek mahallalarida hamon qo’rqinch hukmron


Qirg’izistonning so’nggi kunlarda alanga va to’qnashuvlar domida yongan O’sh shahrida harbiylar tartibni saqlashga harakat qilmoqda. Hozircha vaziyat tinch, lekin hammasi nisbiy, deydi guvohlar. Ba’zilar mojaro yana avj olib, butun mintaqaga tarqalishi, jangarilar paytdan foydalanib o’rnashib olishi mumkin, degan xavotirda.

O’shda tuni bilan otishma ovozlari eshitilgan. Maxsus kuchlar bezorilarga qarshi chora ko’rayotganini aytmoqda. Bugun O’shda ko’chalarni tozalash ishlari boshlangan, issiq ovqat tarqatish punktlari ochilgan. Ammo ko’plab idoralar yopiq, dalalarda ishlar to’xtagan. Odamlar qo’limiz ishga bormayapti, deydi.

O’zbek mahallarida esa qo’rquv-hadik hissi saqlanib qolmoqda. Shaharga kiritilgan qo’shimcha harbiy kuchlar intizom, tinchlikni saqlashga urinmoqda.

Rasmiy hisob-kitoblarga ko’ra, qirg’inda 187 kishi o’li, 2 ming fuqaro jarohatlangan. Ammo ma’murlar ham bu raqam aniq emasligini aytadi. Bu orada bugun o’lganlarni dafn etish marosimlari davom etmayapti. Mozorlarda bir qabrga bir necha jasad qo’yilayotgani ma’lum.

Hukumatning bildirishicha, O’shga hozirgacha 160 tonna insonparvarlik yordami yuborilgan. O’sh meriyasi bu mahsulot teng va adolatli taqsimlanayotganini aytadi. Lekin o’zbeklar yordam yetib kelmayapti, deydi. Dori-darmon yetishmaydi.

Shu bilan birga, qo’shni O’zbekiston bilan chegara yopiq ekani xabar qilinmoqda. U yoqqa o’tib ulgurgan va qavm-qarindoshlar bilan yashayotgan odamlar esa yana lagerlarga qaytib, ro’yxatdan o’tkazilmoqda.

XS
SM
MD
LG