Breaking News

Rossiyada o'zbeklar o'ldirilmoqda, O'zbekiston hukumatiga baribir


Millatchilar namoyishi, Mosvka, 4-noyabr, 2013
Millatchilar namoyishi, Mosvka, 4-noyabr, 2013
Rossiyada radikal millatchilar o’tkazgan “Russkiy marsh” paytida Sankt-Peterburgdagi metro bekatidan O’zbekiston fuqarosining jasadi topilgan. Moskvada yana bir o'zbek jarohatlardan vafot etgan. Har ikkala qotillikda millatchi guruhlar gumon qilinmoqda.

Rossiyada o'zbeklar o'ldirilmoqda, hukumat befarq/Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:46 0:00
Yuklab oling

Marshda Markaziy Osiyo davlatlari bilan viza tizimi joriy etilsin, mamlakat bu mintaqadan kelgan odamlardan tozalansin degan shiorlar yangragan.

Mehnat muhojirlari kaltaklangan, tahqirlangan va so'nggi hujumlarda ikki o’zbekistonlik o’ldirilgan.

Rossiyadagi faollarga ko’ra, millatchilarning so’nggi paytdagi tajovuzlari asosan o’zbekistonliklarga qaratilmoqda. O’zbekiston hukumati, jamoatchiligi bu borada sukut saqlashda davom etar ekan, tahqirlash yanada kuchaymoqda.

“Ayniqsa, so’nggi paytda o’zbekistonliklarga bo’layotgan tahdidlar bizning hukumatning mehnat muhojirlari taqdiriga farqsizligi bilan bog’liq. Mayli muhojirlar 5 million emas, 3 million bo’lsin, lekin baribir davlat ular himoyasi uchun nimadir qilishi kerak-ku. Yaqinda, bir fuqaromiz o’ldi, yordam so’rab konsullikka bordik. Ular bizga kerakmassiz, deyishayapti; biz sizni bu yerga chaqirganimiz yo’q, deysihayapti” - deydi Rossiyada ro’yxatdan o’tgan “Taraqqiyot” partiyasi rahbari Abdujabbor Ismoilov.

Tojikiston va Qirg’izistonda Rossiyadagi mehnatkashlar masalasi hukumat darajasida va jamoatchilik orasida keng muhokamada. Ular Moskvaga nisbatan ochiq e’tirozlar bildiradi.

Rossiyada millatchilar yurishi boshlanar ekan, Bishkekdagi faollar Rossiya elchixonasi oldida Putin va millatchilikni qoralab, piket qildi.

“Bu borada Qirg’iziston va O’zbekistondagi munosabatni solishtiradigan bo’lsak, avvalo Qirg’iziston darajasidagi jamoatchilikning o’zi O’zbekistonda yo’q. Toshkentda yaqinda Mardikorlar kasaba uyushmasi tashkil qilindi, mayli, rasmiy yoki norasmiy bo’lishidan qa’ti nazar, lekin ular ham hali biror jiddiy ish bilan ko’zga tashlanmadi. Umuman jamoatchilikni bir joyga to’plab, norozilik bildirish kabi tushuncha hali bizda yo’q”, - deydi Abdujabbor Ismoilov.

Siyosiy partiya yetakchisi bo’la turib, biror siyosiy aksiya o’tkazishingizga nima to’sqinlik qilyapti degan savolga esa Ismoilov shunday javob beradi:

“Avvalo bir-birimiz bilan birikishning yo’qligi… Keyingi sabab esa ishonchsizlik, odamlarimiz har xil va’dalarga ishonmay qo’yishgan”.

Rasmiy Toshkent mehnat muhojirlari muammosini tan olmaydi. O’zbekiston prezidenti Islom Karimov bu insonlarni yengil daromad topish maqsadida chetga chiqib ketgan “dangasalar” deb hisoblaydi.

Mehnat muhojirlari oqimi ijtimoiy ziddiyatlarni bartaraf etib turgan omillar qatorida qayd etiladi. Mamlakat aksariyat aholisining tirikchiligi besh milliondan oshiq ekani taxmin qilinadigan mehnat muhojirlari topayotgan pulga bog’liq.

Rossiyadagi vaziyat o’zbekistonliklarda umidsizlik kayfiyatini kuchaytirgan. Qo’rqinch bor, lekin bu odamlar tirikchilik, imkoniyat baribir shu yerda deydi.

“Millatchilar harakati ko’cha bezorilarining ishi emas, balki boshqaruv o’ylab chiqargan plan. Hozir bosim aynan o’zbeklarga qaratilgani bilan diqqatli. Albatta, bu yerda davlatdan najot kutishdan foyda yo’q, hammasi o’zimizga bog’liq. Birikib harakat boshlagan taqdirimizdagina bir natijaga erishishimiz mumkin”, - deydi Abdujabbor Ismoilov.

Markaziy Osiyo bilan viza tizimi joriy etish, mehnat muhojirlarini ortga qaytarish tahdidi odatda Moskva qo’lidagi bosim vositasi hisoblanadi. Kreml Toshkent bilan aloqalarida bu bosimdan shu paytgacha foydalangani kuzatilmagan, ammo kuzatilgan taqdirda ham ish bermasligi taxmin qilinadi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG