Tojikistondagi o'zbeklar qo'shni mamlakatdagi vaziyatdan xavotirda


Tojikistonda aholining uchdan bir qismi o'zbeklardan iborat. Qo'shni Qirg'izistonda etnik nafrat xalqlarga qanchalik qimmatga tushgani, deydi ziyolilar, hamma uchun birdek saboq bo'lishi lozim.

Tojikistonda aholining uchdan bir qismi o'zbeklardan iborat. Qo'shni Qirg'izistonda etnik nafrat xalqlarga qanchalik qimmatga tushgani, deydi ziyolilar, hamma uchun birdek saboq bo'lishi lozim.

Tojikistonda o’zbek ziyolilari Qirgizistondagi vaziyatni kuzatar ekan, etnik nafrat faqat Qirg’izistonda mavjud emasligini tan oladi. Ular fikricha hozirgi eng dolzarb vazifa bir tarix va madaniyatga ega xalqlar o’rtasida do’stona aloqalar o’tnatish uchun harakat qilish. Nimaiki kelishmovchilik bo’lishidan qat’iy nazartTinchlik eng oliy ne’mat ekanini unutmaslik kerak, deydi ular.

Yosh o’zbek ziyolisi Azizjon Temirov fikricha vodiyda o’troqlashgan o’zbeklar tarixan o’z vatanlarida yashayapti. Qirg’iz hukumati bu faktni hisobga olmay o’ziga zarar qilmoqda, deydi u.

"Bundan 70-80 yilcha oldin Qirg’iziston janubidagi shaharlarda faqat o’zbeklar yashar edi".

“Ota-bobolari xo’jayinlik qilgan yerda yashovchilarning ruhi va g’ururi ona tuproqdan kuch oladi. O'sha o’lmas ruh kuchi yo’qolmaydi. Qirg’izlar mana shu oddiy haqiqatni hazm qilolmayotganga o’xshaydi”, - deydi Temirov.

Tojikistondagi o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi raisi Ilhom Yusupov Rossiyani misol keltirarkan, uning nazarida O’zbekiston hukumati Qirg’izistondagi o’zbeklarga nisbatan mantiqsiz ish tutmoqda.

“Men O’zbekiston armiyasini olib kirib, qirg’izlarni qirg’inbarot qilishni emas, aksincha, fojiani bostirish, o’zbeklarni o’z himoyasiga olib, qo’riqlab turishni nazarda tutayapman”,- deydi u.

“Millat uchun, elat uchun buni hech dono siyosat deb hisoblay olmayman. Qancha odamlar qirilib ketgan paytda, u insonvarvarlik ko’maklari nima keragi bor?”

Ilhom Yusupov Qirg’izistonda parlament boshqaruviga ishonchsizlik bildirgan Rossiya prezidenti Medvedev fikriga qo’shiladi.

“Sababi, hali sharoit yetilmagan joyda, vaziyat tug’ilmagan joyda bu parlament boshqaruvi samara bermaydi. Yoki yana katta bir janjallarga olib kelishi mumkin”, - deydi u.

“Buning sababi, Qirg’izistonning har bir lideri o’zini o'sha parlament boshqaruviga a’zo bo’lisihni ko’zlab, har qanday fitna, har qanday qabih ishlarga boradi deb o’ylayman.”

Temirov ta'biricha, xalq revolyutsion o’zgarishlardan voz kechib, evolyutsion taraqqiyot yo’lini tanlashi, birikishi zarur.

“Gruziyada, Ukrainada, Qirg’izistonda o’zlaricha revolyutsiya qildilar. Endi allakimlardir “Navbat kimniki?” deb o’rtaga savol qo’ymoqda. Vatanimiz Tojikistonni yoki qo’shni davlat O’zbekistonni ko’rsatmoqda. Xoy, musulmon, ko’zingni och, bizga revolyutsiya emas, evolyutsiya kerak deydigan mardning o’zi yo’q! Mustaqillik deb gap sotmasdan, sun’iy chegaralarni yaratmasdan birlashish, birikish haqida, yaxlit kuch bo’lib qudratga ega bo’lish haqida o’ylashimiz, shunga intilishimiz shart. Boshqa yo’l yo’q!”

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Qirg'izistonga o'z politsiya-maslahat guruhini yuborish harakatida. Tojik jurnalisti Jo’ra Yusufiy referendum davrida o’z kuchlarini jo’natmagan G’arb mamlakatlarining bu rejasini xom deb biladi.

Ilhom Yusupov ham shunday fikrda. “Ayni o’sha qirg’inbarotlar bo’layotgan paytda ko’mak qo’lini cho’zmagan odam bugunga kelib o’zini yordamchi qilib ko’rsatushi nima keragi bor?” deydi u.

Qirg’izistonlik siyosatshunos Toktogul Kokchebekov deydiki Yevropa tashkiloti politsiya kiritib, Markaziy Osiyoda o'z ta’sir kuchini oshirishga urinmoqda.

Tojik jurnalisti Tilav Rasulzoda esa Qirg’izistonda tinchlik barham topishiga ishonadi.

“Xalqaro tashkilotlar 30 oy mobaynida tiklash ishlariga bir milliarddan oshiq dollar ajratishga tayyor. Bu, G’arb ham regionda tinchlik tarafdori ekanligini ko’rsatadi”, - deydi u.

XS
SM
MD
LG