O'zgandagi ko'hna obidalar AQSh madadi bilan asrab-avaylanadi


Qoraxoniylar davridan qolgan obidalardan biri, O'zgan, Qirg'iziston

Qoraxoniylar davridan qolgan obidalardan biri, O'zgan, Qirg'iziston

AQSh Davlat departamentining Ta’lim va madaniyat dasturlari byurosi madaniy merosni saqlashga qaratilgan loyihalar tanlovi natijasini e’lon qildi. Moliya ajratilishi ko'zlangan 28 loyiha orasida Qirg’izistonning O’zgan shahrida Qoraxoniylar davriga oid obidalarni asrab-avaylash proyekti ham bor.

Qo'shma Shtatlar shu maqsadda 153 ming dollar, Qirg'iziston Madaniyat vazirligi esa bir million so’m ajratadi.

2002-yildan buyon AQSh ko’magida Qirg’izistonda tarixiy va madaniy yodgorliklarni tiklash va asrash borasida besh loyiha amalga oshirilgan. Jumladan, 11-asr yodgorligi Shoh Fozil mavzoleyi qayta tiklangan, noyob kitoblar va muzey kolleksiyalarini saqlab qolish ishlari olib borilgan.

O’zgan shahridagi muzey-majmua rahbari, me'mor Avazbek Tursunboyev "Amerika Ovozi" bilan suhbatga hikoya qilishicha:

“O’zganda bizning kunlargacha saqlanib qolgan obidalar minora va uch qismdan iborat mavzoley binolaridan tashkil topgan. O’n to’qqizinchi asr oxirlarida yuz bergan zilzila paytida qulab tushgan minora keyinroq, to’la bolmasada (balandligi avvalgidan ancha past - 27 metr 40 santimetrga teng), qayta tiklangan. Va hozir qoniqarli holatda. Ammo o’rta maqbara tomidan mana o’n yildan ziyodki chakka o’tadi”.

O'zgan, Qirg'iziston

O'zgan, Qirg'iziston

O’zgan obidalarida oxirgi bor restavratsyia ishlari 30 yil muqaddam o’tkazilgan. Shundan buyon joriy ta’mir ishlari uchun ham tegishli idoralarda mablag’ topilmagan.

Madaniy merosni saqlash bo’yicha Elchilik jamga’rmasi qo’llab-quvvatlayotgan loyiha maqbaralarni tashqi atmosfera, yog’in-chachin ta’siridan saqlash (konservatsiya) hamda binolarning shikast etgan qismlarini ta’mirlash va tiklash (restavratsiya) ishlarini ko’zda tutadi.

Qoraxoniylar davridan qolgan minora, O'zgan, Qirg'iziston

Qoraxoniylar davridan qolgan minora, O'zgan, Qirg'iziston

Ushbu chora-tadbirlar amerikalik arxitektor Uilyam Remsen tomonidan tavsiya etilgan bo’lib, o’tgan yil ushbu mutaxassis O’zgan obidalarining holati bilan batafsil tanishgan edi.

Tarixiy yodgorliklarni saqlab qolish bo’yicha ko’zga ko’ringan ekspert janob Remsen O’zgan shahridagi majmuada joriy yil sentabr oyida boshlanadigan ishlarga rahbarlik qiladi.

Muzey-majmua rahbari Avazbek Tursunboyev aytishicha, mahalliy idoralar bu ishlarda loyiha qatnashchilari - Bishkekdagi “Muzeylar tashabbusi markazi” jamoatchilik jamg’armasi, Qirg’iziston madaniyat vazirligi hamda AQSh elchixohanasiga ko’mak ko’rsatishga tayyorligini bildirdi.

XS
SM
MD
LG