Breaking News

Vashington choyxonasi: AQShdagi o'zbekistonliklar uchun qanday grant dasturlari bor?


"Vashington choyxonasi" dasturining navbatdagi sonida AQShda muhojirlarga davlat tomonidan oliy o’quv yurtlarida o’qish uchun beriladigan maxsus grant dasturlari haqida gaplashamiz.

Ma'lumki, Amerikada minglab o'zbekistonlik muhojirlar istiqomat qilishadi va ular uchun AQSh hukumati tomonidan beriladigan maxsus grant dasturlari bor. Bu faqat o'zbekistonliklar uchun emas, ularga, umuman, barcha AQSh fuqarolari va boshqa rezident maqomidagi qonuniy muhojirlar ham hujjat topshirishi mumkin.

Masalan, Pell granti ana shunday yordam dasturlaridan biri. Agar bu grantni yutib olsangiz, AQShda bakalavr darajasini to'rt yil bepul o'qishingiz mumkin.

Bu dasturga hujjat topshirish shartlari nima va grantni yutib olish uchun nimalarga e'tibor berish kerak?

Quyidagi videoda shu savollarga javob beramiz.

Vashington choyxonasi: AQShdagi muhojirlar uchun o'qish grantlari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:22:52 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG