Vatandoshlar - "Amerika Ovozi" teleradiosi mehmoni

Nyu-Yorkdagi Vatandosh O’zbek-Amerika federatsiyasi har bahor Vashingtonga sayohat uyushtiradi. Yillik an'ana.

Nyu-Yorkdagi Vatandosh O’zbek-Amerika federatsiyasi har bahor Vashingtonga sayohat uyushtiradi. Yillik an'ana.

Muxlislar bor, biz bor! Amerikada bugun yuzlab ming o’zbek va o’zbekistonlik yashaydi. Ularning oilasidan esa vatandan kelib ketayotgan mehmonlar arimaydi.

Tinim bilmas bu muhitda bir oz vaqt topishsa, uzoq va yaqin shaharlarni aylanishadi. Nyu-Yorkdagi Vatandosh O’zbek-Amerika federatsiyasi har bahor Vashingtonga sayohat uyushtiradi. Yillik an'ana.

O’zbekiston elchixonasi ularga eshik ochadi. Mehmonlar AQSh siyosiy markazidagi muhim dargohlar, shuningdek, muzey va xiyobonlarni aylanishadi.

Yurtdoshlar va elatdoshlar "Amerika Ovozi" ga ham kelishadi. Biz uchun bu - aziz muxlislarimiz bilan yuzma-yuz muloqot imkoniyati.

1942-yildan beri efirga chiqadigan teleradiomiz bilan tanishtiramiz, uning o’ziga xos jihatlari haqida hikoya qilib beramiz.

Vatandoshlar bilan savol-javob biz jurnalistlar uchun ayni muddao. Saytimiz, eshittirishlarimiz va ko’rsatuvlarimiz haqida mehmonlar o’z xulosa va mulohazalarini bizga izhor etishar ekan, hammadan bir narsada hamfikr.

Muxlislardan eshitganimiz: Xolis bo’lib qoling. Keng qamrovli ma’lumot bering. Gap maqola va lavhalarning uzun yoki qisqa ekanida emas, ularning mazmun va mohiyatida. Kimdir saytga kirib yoki radio yoki televizor qulog’ini burab sizga e’tibor qaratayaptimi, uning bebaho vaqtini suiiste’mol qilmang. Unga yangi ma’lumot, bilim bering. Bizga ma’naviy ozuqa beradigan dasturlar tayyorlang.

O'zbekistondan kelgan aziz mehmonlar - onaxon va otaxonlarning dil so'zlari bizga kuch va ilhom bag'ishladi. Vashingtondek markazda o'zbek tilida axborot beruvchi vositalar borligi bilan faxrlanib yashayotgan keksa elatdoshlar bilan suhbat qurish hamisha sharaf.

Xolis bo’lib qoling. Keng qamrovli ma’lumot bering. Gap materiallarning uzun yoki qisqaligida emas, ularning mazmun va mohiyatida. Odamlarning bebaho vaqtini suiiste’mol qilmang. Ommagas ma’naviy ozuqa bering. Dasturlardan minnatdormiz. Sizga quvvat tilaymiz!

Nyu-Yorkdagi vatandoshlarning aksariyati kasb-hunarli, O’zbekistonda chuqur ildizga ega va Amerikada ham o’z sohasida ishlab yurgan, qolaversa noyob bilimi va tajribasini boshqalar bilan ham baham ko’rib yurgan insonlar bor. Ulardan biri buxorolik yurtdoshingiz.

Amerikadagi o’zbeklarning koreys kelini deya mehr bilan tilga olinadigan ayol ham oilasi bilan mehmonimiz bo’ldi. O’zbek tilini bu juvon ayrim vatandoshlarimizdan ham yaxshiroq gapirar ekan.

O’zbekistonda uzoq yillar mehnat qilib, farzandlari deb Amerikaga ko’chib kelgan, bu yerda ham bir necha yil ishlab, pensiyaga chiqqan onaxonlar hayotdan mamnun. Har bir daqiqa vatan deymiz lekin insonning nasibasi qayerda bo’lsa, o’sha yerga borar ekan, deydi ular.

Farog’at Eshbekova vatandoshlar orasida faolligi bilan tanilgan. Asli samarqandlik. Amerikaga grin karta yutib kelib, bu yerda oliygohni bitirib, hozirda Nyu-Yorkdagi universitetlardan birida ishlaydi. Farog’atning sizga qiziqarli hikoyalari bor. Amerika hayotidan bir shingil, desak ham bo’ladi.

Farog’atning aytishicha, biz Kichik O’zbekiston deya ta’riflaydigan Bruklinda, Nyu-Yorkning katta bir qismida, o’zbeklar, umuman markaziy osiyoliklar, mahalliy mentalitet va madaniyatga o’z ta’sirini ko’rsata boshlagan. Urf-odatlar, taomlar, xususan palov, somsa, qazi - kundalik mavzu.

Ona yurtda olingan bilimni yangi mamlakatda uvol qilmaslik kerak, deydi Farog’at. Diplomlarni bu yerda ham tasdiqlatib olish imkoni bor. Malaka oshirib, tegishli kurslarni bitirib, o’z sohangizda ishlashingiz mumkin.

Tirikchilik albatta hamma uchun birdek muhim biroq oliy ma’lumot bekorga oliy ma’lumot emas, hayotingizni yangi pog’onaga ko’taruvchi omil bo’lishi kerak, deydi bu vatandoshingiz.

Vashingtonga yo’lingiz tushsa, bizga xabar bering. uzbek@voanews.com - bizning elektron manzilimiz. Ijtimoiy tarmoqlarda bormiz. "Amerika Ovozi" deb qidiring va muxlisimiz ekanligingizni ko'rsating. Eshigimiz va mikrofonimiz hamisha ochiq.

Vatandoshlar "Amerika Ovozi" mehmoni, 30-aprel, 2016

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG