AQShdagi ilk o'zbek gazetasi “Vatandosh” bir yoshda


AQShdagi ilk o'zbek gazetasi “Vatandosh” bir yoshda

AQShdagi ilk o'zbek gazetasi “Vatandosh” bir yoshda

Amerikada o’zbek gazetasi “Vatandosh” chop etila boshlaganiga bir yil bo’ldi. Bu davr mobaynida ushbu nashr nimalarga erishdi, o’quvchilari kim, kelajak rejalar qanday?

“Amerika Ovozi” gazeta asoschisi va noshiri Farhod Sultonovga murojaat etdi. (Suhbatni to’liq holda audiodan tinglang)

Farhod Sultonov bilan bir yil avval, gazeta ochilganidan so’ng suhbatlashganimizda “Vatandosh” qanday qabul qilinishi uni bir oz xavotirga solgan edi.

Bosma shaklda chiqishni boshlagan gazetaning bir necha oydan so’ng internetda o’z sahifasi paydo bo’lib, gazetani qo’lga kiritish imkoniga ega bo’lmagan odamlar undagi mavzular bilan internet orqali tanishadi.

“Vatandosh”ning maqsadlari yil davomida o’zgarib, shakllanib bordi.

AQShda “O’zbegim” jurnali ham chiqadi, Nyu-Yorkda o’zbek televideniyesi va radiosi bor. Farhod Sultonovning aytishicha, “Vatandosh” qiziqarli mavzular bilan o’zbeklar mehrini qozona oldi. Unga istalgan joydan obuna bo’lish mumkin.

Farhod Sultonov gazetani yaqin orada Angliyada ham chiqarish rejasi borligini aytib, o’zbek jurnalistlarini “Vatandosh” bilan hamkorlikka chorlaydi.

XS
SM
MD
LG