Venesuelada prezident saylovlari kuni belgilandi

  • Amerika Ovozi

Venesuela vitse-prezidenti Nikolas Maduro saylovlargacha muvaqqat prezident etib tayinlandi

Venesuela vitse-prezidenti Nikolas Maduro saylovlargacha muvaqqat prezident etib tayinlandi

Venesuelada muddatidan erta prezident saylovlari 14-aprelga belgilandi. So’nggi saylovlarda g’alaba qozonib, hatto qasamyod keltira olmay rakdan vafot etgan sobiq prezident Ugo Chavesning o’limidan so’ng siyosiy partiyalar saylovga tayyorgarlikni boshlab yuborgan.

Chavesning vorisi deb aytilayotgan vitse-prezident Nikolas Maduro saylovlargacha vaqtincha rahbar etib tayinlangan. Maduro ham o’z nomzodini qo’ymoqchi.

Miranda shtatining hokimi, muxolifat yetakchisi Enrike Kapriles unga asosiy raqib bo’lishi kutilmoqda. Kapriles oktabr oyida o’tgan saylovlarda Chavesga mag’lub bo’lgan edi. Muxolifat lideri Maduroning muvaqqat prezidentlikka tayinlanishini Konstitutsiyaga xilof dedi.

Eron prezidenti Mahmud Ahmadinejod Chaves bilan vidolashmoqda, Karakas, Venesuela, 8-mart, 2013-yil

Eron prezidenti Mahmud Ahmadinejod Chaves bilan vidolashmoqda, Karakas, Venesuela, 8-mart, 2013-yil

Venesuela ahli marhum rahbar bilan vidolashar ekan, Lotin Amerikasidan 18 mamlakat prezidenti, AQShdan rasmiy delegatsiya, boshqa davlatlar, jumladan, Erondan mamlakat rahbari dafn marosimi uchun tashrif buyurgan.

Chavesni do'sti deb bilgan Eron prezidenti Mahmud Ahmadinejod marhum tobutining ustiga yopilgan milliy bayroqni o'pgan.

Ugo Chaves seshanba kuni 58 yoshda rakdan vafot etdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG